Mustaqil ishi Toshkent -2021


Moliyaviy hisobning mohiyati va asosiy vazifalari


Download 92.21 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi92.21 Kb.
#1502651
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52-2 BI Murodov U Moliyaviy tahlil (amaliy)

Moliyaviy hisobning mohiyati va asosiy vazifalari.

Moliyaviy tahlilning metodologik asoslari me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‘lga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me’yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi.


Moliyaviy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me’yoriy asoslariga muhim e’tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me’yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
- xo‘jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash;
Norasmiy asoslarda o‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili;
- moliyaviy barqarorlik tahlili;
- to‘lov layoqati va likvidlik tahlili;
- ish va bozor aktivligi tahlili;
- pul oqimlarining tahlili;
- xususiy kapital tahlili;
- foyda va zararlar tahlili;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili;
- innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili;
- investitsion faoliyat tahlili;
- soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili;
- logistik tahlil va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma’lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan‚ shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘l keladi.
Moliyaviy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi: tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish.
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‘pincha huquqiy manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
“Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi qarori;
“Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. “Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish.
Jumladan, mazkur standartning keyingi bandlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi, subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligini aniqlash, iqtisodiy resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash zarurligi qayd etiladi.
Moliyaviy hisobotlarni bir paytning o‘zida turli davrlar bo‘yicha axborotlarni jamlashi ham ularning tahliliyligini ta’minlash uchun qilingan zaruriy talabdir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining “Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi qarori”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish tavsiya etiladi: to‘lov layoqati yoki qoplash koeffitsiyenti; o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti; korxona aktivlari va xarajatlari rentabelligi. Yakuniy xulosani chiqarish yuzasidan quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar o‘rganiladi: o‘z mablag‘lari va qisqa muddatli qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi ko‘rsatkichlarni baholashni tavsiya etiladi.
1. Samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari: korxonaning foizlar, soliqlar va amortizatsiya summasi chegirilgunga qadar foydasi; xarajat va daromadlarning o‘zaro nisbati; jalb qilingan kapital rentabelligi; aksionerlik kapitali rentabelligi; investitsiyalangan kapital rentabelligi; aktivlar rentabelligi; mutlaq likvidlik koeffitsiyenti; moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti; kreditorlik majburiyatlari aylanuvchanligi; debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi; qoplash (to‘lovga qobillik) koeffitsiyenti; dividend to‘lash koeffitsiyenti; debitorlik majburiyatining kamayish koeffitsiyenti.
2. Samaradorlikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari: asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti; asosiy vositalarni yangilash koeffitsiyenti; mehnat unumdorligi; fond qaytimi; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti; energiya samaradorligi (mahsulot qiymati tarkibida energiya xarajati ulushi); sotilgan mahsulot tarkibida innovatsion mahsulotning ulushi; innovatsion faoliyatga xarajatlarning jami xarajatlar tarkibidagi salmog‘i; xodimlarni o‘qitish xarajatlari salmog‘i; kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsiyenti; rejalashtirilgan investitsiya dasturining bajarilish darajasi; quvvatlarni ishga tushirish koeffitsiyenti; rejalashtirilgan eksport hajmining bajarilishi.


Download 92.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling