Mustaqil ishi Toshkent -2021


Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarning asosiy maz’muni va uning buxgalteriya tayyorlashdagi o’rni


Download 92.21 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi92.21 Kb.
#1502651
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
52-2 BI Murodov U Moliyaviy tahlil (amaliy)

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarning asosiy maz’muni va uning buxgalteriya tayyorlashdagi o’rni.
Buxgalteriya hisobining professionallashuvi - bu buxgalteriya ishlarining ushbu sohada ma’lum professional bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan bajarilishi hamda mamlakat darajasida buxgalteriya hisobining muammolari, jumladan standartlashtirish, buxgalterlarning professional malakasini oshirish, ushbu professiyaning axloq qoidalarini takomillashtirish bilan shug’ullanadigan notijorat va nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritishi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro integratsiyalashuvi. Xalqaro sarmoyadorlar, kreditorlar va menejerlarning xalqaro biznes faoliyatlari to’g’risida axborotlarga bo’lgan extiyojini qondirish maqsadida milliy buxgalteriya hisobi tamoyillari va standartlaridagi umumiy va ilg’or tajribalarni mujassamlantirish asosida ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobining xalqaro o’lchovlari va tamoyillariga o’tish jarayonidir.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiyalashuvi jarayoni, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini ishlab chiqish hamda buxgalteriya hisobining xalqaro muammolari bilan shug’ullanuvchi notijorat professional tashkilotlar.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona – bu qatnashchilaridan biri albatta xorijiy investor bo’lgan, xorijiy investitsiyaning aktsiya (hissa, pay)lar yoki ustav kapitalidagi hissasi 30 foizdan va miqdori qonunchilikda belgilangan summadan kam bo’lmagan va ustav kapitalini o’z vaqtida shakllantirgan huquqiy shaxs.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida
tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni
xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining
sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida
moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida
faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga 9
ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim. Demak, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqarostandartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shumablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar,
kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan
bog’liq bo’lgan xo’jalik, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari
hisoblanadi.
Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va
korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy
naf olinishi kutiladigan resurslardir.
Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo
bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning
iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi.
Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning
aktivlardagi bo’lgan ulushi.
Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan
faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy
kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir.

Download 92.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling