Mustaqil ishi Toshkent -2021
Chet el firma kompaniyalarining moliyaviy tahlili va uning O’zbekiston Respublikasidagi moliyaviy tahlil bilan muofiqligi
Download 92.21 Kb.
|
52-2 BI Murodov U Moliyaviy tahlil (amaliy)
Chet el firma kompaniyalarining moliyaviy tahlili va uning O’zbekiston Respublikasidagi moliyaviy tahlil bilan muofiqligi
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan Standartlar va Sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi: (a) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari; (b) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; (v) MHXSlarni Sharhlash bo’yicha Qo’mita (MHXSShQ) tomonidan chiqarilgan Sharhlar; va (g) Sharhlash bo’yicha Doimiy Qo’mita (ShDQ) tomonidan chiqarilgan Sharhlar . MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar - Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlar. Oldingi BHUT - MHXSlarni birinchi marta qo’llaydigan tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi. MHXS bo’yicha birinchi hisobot davri - Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri. MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobot - Tadbirkorlik sub’ektining MHXSlarga o’tish sanasiga bo’lgan moliyaviy holat to’g’risidagi hisoboti Shartli tannarx - berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan qiymatning o’rnini bosuvchi summa. Keyinchalik eskirish yoki amortizatsiya hisoblanganida tadbirkorlik sub’ekti aktivni yoki majburiyatni ushbu berilgan sanadadastlabki marta tan olgan va ushbu aktivning yoki majburiyatning tannarxi shartlitannarxga teng bo’lgan deb faraz qilinadi.Umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlar (“moliyaviyhisobotlar” deb ataladi) – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo’lgantalablarini qondirishga qaratilgan moliyaviy hisobotlarki, bu foydalanuvchilarularning axborotga bo’lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni xo’jaliksub’ektidan talab qila olmaydi. Ahamiyatli tushirib qoldirishlar yoki buzilishlar – bunda moddalarning tushirib qoldirilishi yoki buzilishi ahamiyatli bo’lib hisoblanadiki, agarda ular mfoydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga, alohida yoki birgalikda, ta’sir eta olganda. Ahamiyatlilik tushirib qoldirishning yoki buzilishning ular sodir bo’lgan sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadigan hajmi va xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Moddaning hajmi yoki xususiyati, yoki ikkalasining birikmasi, hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin. Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi. Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: -ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida; -erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida; -reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida; -boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida; -faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida; -joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida; -real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida; -matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida; -keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida; -innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida; -risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi. Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi: - tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari; - royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari; - mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar; - xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar; - sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari; - foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa; - vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari. Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi: - aylanma mablag‘lar miqdori; - resurslarni safarbar qilish yo‘llari; - moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari; - sarf-xarajatlarni optimallashtirish; - asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish; - tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish; - sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar. Xulosa: Moliyaviy tahlilni uslubiy asoslarini taqqoslash yakunida shunday xulosaga kelish mumkin xorij firma va kompaniyalari bilan mamlakatimiz moliyaviy hisobotida keskin farq kuzatilmaydi. Farqlarni sezish mumkin faqat birlik ko’rsatkichlardan . To’lov layoqati , moliyaviy barqarorlikni aniqlash ko’rsatkichi bo’yicha asosiy vositalar holati va harakati korsatkichlarida ham xuddi shunday farqlanishni sezish mumkin. Moliyaviy hisobotlarni ytuzish qoidalari moliyavi hisobot shaklllarinig mazmunining bir xilligi albatta moliyaviy tahlildagi mazmuni ham bir xilligini tavsiflaydi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va ular asosida milliy standartlarni tuzilishida ham shu zaruratni sezish mumkin. Moliyaviy tahlil yuzasidan o’xshashlik albatta boshqaruv tahlili bo’yicha ham bir xillik mavjud degan xulosaga olib kelmaydi.Boshqaruv tahlil bo’yicha davlatlar o’rtasida turlicha farqlanish mavjud. Download 92.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling