Mustaqil ishi
Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHI 1
1.1. Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari.
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyoj keskin ortganligini guvohi bо‘lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Fan texnikaning rivojlanishi о‘quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar tо‘lqiniga bо‘lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai - nazaridan qaraydigan bо‘lsak о‘quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. О‘quvchilardagi bunday xislatlarni maktab о‘qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas’uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday ma’suliyatli ishni hal etish о‘quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga о‘rgatishni uslubiga bog‘liq. Har qanday mutaxassis - о‘z ishi metodikasiga qanchalik e’tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. О‘qituvchi ishining asosiy о‘qitish metodikasi- о‘quvchilarni о‘qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo о‘qituvchisi ishining asosi kimyo о‘qitish metodikasidir. Kimyo о‘qitish uslubiyoti – pedagogikaning tarkibiy qismi bо‘lib, u didaktika bilan chambarchas bog‘langan. О‘qituvchining ishi о‘quvchini о‘qitish va tarbiyalash uslubiyoti bо‘lsa, kimyo о‘qituvchisi ishining asosi - kimyo о‘qitish uslubiyotidir. О‘rta maktabda о‘quv jarayoni uchta asosiy funksiyalarni bajarishi kerak: о‘quvchilarni о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdir. О‘qitish funksiyasi didaktika, tarbiyalash - tarbiya nazariyasi, rivojlantirish esa psixologiya fanlari yordamida о‘rganiladi. Kimyo fani ham tushunchalarning murakkab sistemasi bо‘lib yuqorida qayd qilingan fanlar bilan о‘zaro ta’sirlashadi. Bu о‘zaro ta’sirlashuv yangi bilimlar sistemasi - kimyo о‘qitish uslubiyoti fani yaratilishiga asos soladi. Kimyo fanining hodisalari hayot bilan chambarchas bog‘liq holda bо‘lishini va falsafali talqin qilishini talab qiladi. Kimyo о‘qitish о‘quvchilarda asta-sekin kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak.
О‘quvchilarda modda va ularning tuzilishi, asosiy kimyoviy tushunchalarni hosil qilish, moddalarni tabiatda uchrashi, fizik xossalari, olinishi va xalq xо‘jaligida ishlatilishi, moddalar orasidagi genetik bog‘lanishlarga doir bilimlarni shakllantirish, noorganik kimyodan о‘quvchilarga puxta bilim berish, о‘quvchilarda kimyo faniga bо‘lgan qiziqishni hosil qilish, kimyoviy tajribalar va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish orqali о‘quvchilarda amaliy kо‘nikma, malakalarni rivojlantirish, shuningdek, tajribalar natijasiga kо‘ra ilmiy xulosalar bera olish malakalarini hosil qilish, tabiatga va atrof-muhitga nisbatan ijobiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling