10-modda. Ta’lim turlari
О‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
1. maktabgacha ta’lim;
2. umumiy о‘rta ta’lim;
3. о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
4. oliy ta’lim;
5. oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
6. kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
7. maktabdan tashqari ta’lim.
11-modda. Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda о‘qishga tayyorlangan
tarzda shakllantirish maqsadini kо‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada,
bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |