Mustaqil ishi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHI 1
MUSTAQIL ISHI
usullari bilan o’zaro bog’liqligi.
Reja Kirish. 1.1. Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari. Asosiy qism. 1.2. О‘rta Osiyo allomalari, о‘zbek va rus olimlarining kimyo о‘qitish uslubiyoti faniga qо‘shgan hissalari. 1.3. О‘zbekistonda uzluksiz kimyoviy ta’lim sistemasi. 1.4. О‘zbekistonda kimyoviy ta’lim beriladigan hozirgi zamon ta’lim yо‘nalishlari. 1.5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalari nimalardan iborat? 1.6. Kimyo о‘qituvchisining asosiy maqsadi va vazifalari. 1.7. О‘quvchilarga nisbatan differensial yondashuv.
Kimyo о‘qitish fani tо‘g‘risida. Mustaqil О‘zbekistonda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan о‘zini taqdirini xalqining taqdiri bilan, vatanining taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat kо‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ajdodlar ma’naviy merosini, umumbashariy qadriyatlar va
aqliy kashfiyotlarni barobar о‘zlashtirmoqdalar. Yuragida milliy iftixor tuyg‘usi bor insonlar har bir mamlakatning salohiyati, kelajagini belgilaydigan buyuk kuchdir. Jamiyatda elni safarbar etuvchi yetuk insonlar qancha kо‘p bо‘lsa, taraqqiyot imkoniyati ham shunchalik kо‘p bо‘ladi va ayni vaqtda yurt osoyishtaligi, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik kafolati yuzaga keladi. «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talabi har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ishga bolaning bog‘chada ilk saboqlarini olayotgan paytdan boshlab e’tibor qaratish lozim. Uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmaga muvofiq Oliy о‘quv yurtlari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning sо‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli, Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat va jamiyat oldida о‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. О‘quv-tarbiya ishlari jarayonida о‘quvchi-talabalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish, hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Dars mashg‘ulotlari interfaol о‘qitish usullaridan, о‘yinli texnologiyalardan keng va samarali foydalangan holda amalga oshirilsa, bolalarda faol va mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutqiy tovush madaniyati, diqqati, mantiqiy xotirasi, aqliy qobiliyati rivojlanadi. Interfaol о‘qitish usullarida bolalar о‘quv jarayonining markaziy figurasi bо‘lib, bunda uquv jarayoni bolalar extiyojidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. О‘qitish usullarini о‘zaro bog‘lab mashg‘ulot о‘tilsa bolalar tomonidan uni о‘zlashtirish samarali bо‘ladi. Ta’lim-tarbiya ishlari jarayonida bolalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa bolalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘quv faoliyatini tahlil qilishini talab etadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qiska vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni о‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan kо‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, о‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, kо‘nikma, malakalar darajasini baholash о‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba tо‘plangan bо‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida sо‘z yuritamiz.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling