Mustaqil ishi


О‘rta Osiyo allomalari, о‘zbek va rus olimlarining kimyo о‘qitish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

1.2. О‘rta Osiyo allomalari, о‘zbek va rus olimlarining kimyo о‘qitish 

uslubiyoti faniga qо‘shgan hissalari. 

 

Kimyo о‘qitish uslubiyoti boshqa fanlar kabi, о‘z tarixiga ega. 



1.  Tasviriy  kimyo  davri.  XVIII  asrning  о‘rtalarigacha  bо‘lgan  davr  bо‘lib,  bunda 

qonun va  nazariyalar bо‘lmagan unda chiqqan darslik ham «demonstratsiya  fani» 

deb nomlangan. 

2.  Tajribaviy  -  nazariy  kimyo  davri.  XVIII  asrning  о‘rtalaridan    to  XIX  asrning 

о‘rtalarigacha bо‘lgan davrdir. 

3.  Uchinchi  davr  eng  buyuk  nazariy  umumlashtirishlar  davri  bо‘lib,  XIX  asrning 

о‘rtalaridan oxirigacha bо‘lgan  davrdir. 

4.  Kimyoda  elektron  tasavvurlar  davri  XIX  asrning  oxirlaridan  XX  asrning  20- 

yillarigacha bо‘lgan davrda atom tuzilishining kashf etilishi bilan bog‘liq davrdir. 

Kimyo  о‘qitish  uslubiyoti  aniqlanishiga  kо‘ra,  kimyoning  vujudga  kelishi  va 

rivojlanishi bilan bir vaqtda vujudga keldi va rivojlandi. A. Lavuaze, D. Dalton, S. 

Kannitsaro  va  boshqa  olimlar  nafaqat  ilmiy,  balki  pedagogik  faoliyat  bilan 

shug‘ullanib, metodikaning rivojlanishiga ancha hissa qо‘shganlar. KО‘M si ilmiy 

fan sifatida XVIII asrning о‘rtalarida vujudga kelgan. KО‘M ning ilmiy asoslarini 

yaratishda M. V. Lomonosov, D. I. Mendeleyev va A. M. Butlerov ayniqsa katta rol 

о‘ynadilar. 

 M. V. Lomonosov jahonda birinchi bо‘lib, Chin fizik kimyo muqaddimasi degan asar 

yaratdi,  fizik  kimyoning  vazifalari,  mazmuni,  о‘qitish  usullarini  belgilab  berdi; 

ma’ruzalarning maxsus dasturini tuzdi va universitet talabalariga shu dastur asosida 

ma’ruza о‘qidi. 

D. I. Mendeleyev  ilm sohasida katta mahorat kо‘rsatgan olim, uning bu mahorati 

davriy qonun va kimyoviy elementlarning davriy jadvalini kashf etishdan iboratdir. 

Mendeleyev  о‘zining  “Kimyo  asoslari”  darsligini  yaratganidan  keyin  elementlar 

davriy  jadvalning  gruppalari  bо‘yicha  о‘rgana  boshladi.  Anorganik  kimyoni 

о‘qitishda hozirgacha shu usuldan foydalanilyapti. 

Mendeleyevning  asarlarida  kimyo  о‘qitishning  maqsadi  va  vazifalari  aniq 

kо‘rsatilgan. “Kimyo amaliy hayot bilan chambarchas bog‘liq bо‘lmog‘i lozim” deb 

yozardi D. I. Mendeleyev. 

Moddalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasiga asos solgan olim A. M. Butlerov о‘z 

asarlarida,  ayniqsa  “Organik  kimyoni  mukammal  о‘rganishga  kirish”,  “Kimyoning 

asosiy  tushunchalari”  degan  mashhur  qо‘llanmalarda  о‘zining  bir  qator  metodik 

kо‘rsatmalarini juda ravshan ta’riflab bergan edi. 

Sobiq sovet davrida kimyo о‘qitish uslubiyoti pedagogikaning bir qismiga aylangan 

edi. Bu davr V. N. Verxovskiy, S. I. Sazonov, S. G. Krapivin, P. P. Lebedev, D. I. 

Kiryushkin, P. A. Gloriozov va kо‘pgina boshqa olimlarning nomi bilan bog‘langan. 

Bu  vaqtda  о‘zini  keyinchalik  oqlamagan  “proyektlar  metodi”,  “Dalton-plan”, 

“brigada usuli” keng rivoj topdi. 

S. I. Sazonov  (  1866-1931)  yeksperimentga  katta  e’tibor  berib  «Elementarniy  kurs 

ximii» nomli dastlabki kimyo darsligida va «Perviye raboti po ximii» nomli kimyoviy 

tajribalarkitobida о‘quvchilar tomonidan tajribalar bajarish texnikasi va metodikasini 

yozgan edi. 



1933  yilda  Goldfarb  va  Smorgunskiylar  «Metodika  prepodovaniya  ximii»  degan 

birinchi stabil darslik ham yaratdilar. 

Respublikamizning elga tanilgan yirik olimlaridan akad. H. U. Usmonov, akad. O. S. 

Sodiqov,  akad.  S.  Yunusov,  akad.  SH.  T.  Talipov  ham  о‘z  maktablarini  yaratib, 

metodikaning rivojlanishiga ancha hissa qо‘shganlar. 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling