Mustaqil ishi


Didaktika va uning kategoriyalari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

Didaktika va uning kategoriyalari. 

Didaktika  -  pedagogika  ta’lim  jarayonining  umumiy  qonuniyatlarini  о‘rganuvchi 

fandir, u - ta’lim nazariyasidir.  

Didaktikaning quyidagi kategoriyalari mavjud:  

- Dars berish, о‘quv, о‘qitish, ta’lim berish, bilim, malaka, maqsad, darsni mazmunli 

tashkil etish, uning kо‘rinishlari, shakli, metodi, vositalari, natijalar olish. 

1.  Dars  —  о‘quv  jarayonining  bir  etapi,  bug‘ini,  elementi;  ma’no  jihatdan 

tugallangan, tashkiliy hamda vaqt jihatdan cheklangan davr.  

2. Dars berish — pedagog faoliyatini, dars, maqsadlarini amalga oshirishni tartibga 

solish,  axborotlarni  yetkazish,  tarbiyalash,  tushunib  yetish  va  olingan  bilimni 

amaliyotda qо‘llay bilish. 

3. О‘quv jarayoni — о‘rganish, mashqlar bajarish orqali о‘z faoliyatini boshqara olish 

asosida yangi bilimlarga intilish, erishish. 

4.  О‘qitish  jarayoni  —  о‘qituvchi  va  о‘quvchi  orasida  о‘zaro  tartibga  solingan 

faoliyat, qо‘yilgan maqsadga erishish.  

5. Ta’lim  — о‘quv jarayoni davomida egallab olingan bilim, kо‘nikma, malaka va 

fikrlash yо‘nalishlari. Ta’lim  jarayonining  mohiyati bilim, kо‘nikma va malakalarni 

egallab olishdir. 

6.  Bilim  –  insoniyat    tomonidan  yaratilgan  g‘oyalarni  fanlar  kesimidagi  talqinini 

nazariy  jihatdan  о‘zlashtirib  olish.  Bilimlar  -  bu  о‘quvchilar  ongida  muayyan 

sistemada  mustahkamlangan,  ularning  shaxsiy  mulkini  tashkil  etadigan  va  bundan 

ular  zaruratga  kо‘ra  foydalana  oladigan  dalillar,  ma’lumotlar,  ilmiy  nazariyalar, 

qonunlar, tushunchalardir. 

7. Kо‘nikma — о‘zlashtirib olingan bilimlarini turli yо‘llar bilam amaliyotda qо‘llay 

olish.  Kо‘nikma-bu  о‘zlashtirib  olingan  bilimlar  asosida  amalga  oshiriladigan  va 

amaliy  jihatdan  maqsadga  muvofiq  harakatlarga  tayyorlikda  ifodalanadigan  ongli 

faoliyatdir. 

8. Malaka — о‘zlashtirilganlarni yuqori darajada ijro eta olish. 

Malaka - avtomatlashgan, о‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan 

harakatdir. Malakalar har xil bо‘ladi: 

О‘quv malakalari - о‘qish, yozish, og‘zaki hisoblash chizish va hokazo; 

-mehnat    malakalari-arra  va  boltani  ishlata  bilish,  probirkalarni  yuvish,  shtativni 

yig‘ish va hokazo; 

-harakat malakalari-  yurish, sakrash, uloqtirish va hokazo. 

Kо‘nikma kabi malaka ham egallangan  bilimlar asosida hosil qilinadi. Ta’limda  esa 

bilim yetakchi rol о‘ynaydi. 




9. Maqsad — о‘quv, ta’limiy  maqsad  — о‘qitishdan kо‘zda  tutilgan va olinadigan 

ma’lum hajmdagi bilim. 

10.  Mazmun  —  ilmiy  bilimlar  yig‘indisi,  amalda  qо‘llash  uchun  beriladigan 

kо‘nikma va malakalar, ta’lim jarayonida fikrlash, qо‘llash, mulohaza yuritish orqali 

amalga oshiriladi. 

11. Tashkilotchilik - darsda didaktik jarayonni tartibga tushirish, qо‘yilgan maqsadni 

kо‘zda tutishning eng qulay formasini shakllantirish. 

12. Shakl — dars jarayonini amalga oshirishning eng qulay usullari, vositalari, ketma- 

ketligi, о‘qitishdagi bolalar soni, sarflangai vaqt, joy qulayliklari. 

13. Metod — darsning maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yо‘llari. 

14. Vosita — о‘quv jarayonini olib borishda yordam beruvchi vositalar:  о‘qituvchi 

ovozi,  mahorati,  darsliklar,  qо‘llanmalar,  didaktik  tarqatma  materiallar,  sinf  jihozi, 

ITK va boshqalar. 

15. Natija — о‘quv jarayonidan kutilgan pirovard natijalar. 

 Ta’lim nazariyasi quyidagilarni о‘z ichiga oladi: 

1. ta’lim nazariyasi  

2. ta’lim prinsiplari  

3. maktab ta’limining mazmuni, usullari, fanning tashkiliy shakllari. 

Boshqa fanlar kabi kimyo о‘qitish uslubiyoti uchta asosiy masalani hal qilib beradi: 

1. ta’lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari; 

2. ta’lim-tarbiyaviy ishlarning maqsadi va mazmuni; 

3. о‘quvchilarni ma’lumotli qilish va tarbiyalash jarayonlari. 

Demak,  maktabda  kimyo  о‘qitish  uslubiyoti  kimyo  fanini  о‘qitish  jarayonida 

о‘quvchilarning ta’lim, tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi pedagogik fandir. 




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling