Mustaqil ishi


Kimyo о‘qitish uslubiyotining vazifalari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

Kimyo о‘qitish uslubiyotining vazifalari. 

Kimyo о‘qitish metodikasi quyidagi 3 vazifani bajarishga harakat qiladi: 

1. maktab kimyo darsligi uchun kerakli xajmda dalillarni tanlash. 

2. kimyo fanidan dars berish usullarini tanlash. 

3.  о‘quvchilarni  bilimini  oshirishda  о‘qituvchi  faoliyati  orqali  kitob,  kino, 

radio,televizor va boshqa vositalardan foydalanishni о‘quvchilarga о‘rgatish.  

Kimyo  fanining  hodisalari  hayot  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  bо‘lishini  va 

falsafali  talqin  qilishini  talab  qiladi.  Kimyo  о‘qitish  о‘quvchilarda  asta-sekin 

kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak.  

Kimyo  о‘qitish  uslubiyotining  funksiyasi    о‘rta  maktab    о‘quvchilarining  asosiy 

kimyoviy  dalillarni, kimyoviy  tushunchalar,  qonuniyatlarni  va  nazariyalarni, ularni 

kimyoga xos bо‘lgan jumlalarda ifodalashning qulay yо‘llarini topishdan iborat. 

1. Kimyoning ilmiy asoslari bilan tanishtirish. 

2. Kimyo о‘quv kursining tuzilish sistemasini о‘rganish. 

3. О‘quvchilar tarbiyasining mazmuni va uslubiyoti bilan tanishish. 

4. Kimyo о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni tarbiyalash. 

5. Maktabda о‘tkaziladigan kimyoviy tajribalar uslubiyotini о‘rganish. 

6. Sinfdan tashqari ishlarni olib borish. 

Kimyo  о‘qitish  uslubiyotining  ta’sir  etish  obyekti  -  har  xil  saviyadagi,  har  xil 

xarakterga, har xil qiziqishga va boshqa xususiyatlarga ega bо‘lgan о‘quvchilardir. 




Pedagogika  fanining  bir  bо‘limi  bо‘lgan  kimyo  о‘qitish  uslubiyoti  tekshirishning 

umumpedagogik  usullaridan:  kuzatish,  ta’lim-tarbiya  muassasalarining  hujjatlarini 

о‘rganish, tо‘plangan dalillarni analiz qilish, ish gipotezasi, pedagogik tajriba, ta’lim-

tarbiyaviy jarayonining qonuniyatlarini topish kabi usullardan foydalaniladi. 

Kimyo  о‘qitish  uslubiyoti  pedagogika  hamda  kimyo  bilangina  emas,  balki  boshqa 

fanlar bilan ham chambarchas bog‘langan, masalan: falsafa, iqtisodiyot, ekologiya, 

fizika, matematika, tarix va hokazo. 

Kimyo  о‘qitish  uslubiyotining  asosiy  vazifasi  -  bо‘lajak  о‘qituvchiga  maktabda 

ishlash uchun kerakli bilim berish, malaka va kо‘nikmalarni hosil qilish. 

Kimyo о‘qitish uslubiyoti ma’lum ketma-ketlikda о‘rganiladi. Avval о‘rta maktabda 

kimyo fanining ta’lim-tarbiyaviy funksiyalari kо‘rib chiqiladi, sо‘ngra kimyo о‘qitish 

jarayonini  tashkil  qilinishi  bilan  tanishiladi.  Kursning  bu  qismida  kimyo  о‘qitish 

usullari, о‘qitish vositalari, о‘qitish shakllari, о‘qituvchining mehnatini ilmiy tashkil 

qilish  kabi  masalalar  kо‘riladi.  Bundan  tashqari  talabalar  kimyoviy  tajribalar 

kо‘rsatishda kо‘nikmalarga ega bо‘lishi, maktab dasturidagi mavzularining о‘qitish 

uslubiyoti va maktab kimyoviy masalalarni yechish uslubiyotini egallab olishi,  darsni 

rejalashtirish, matn tuzish va darslar berishini о‘rganishlari kerak. 

Umumta’lim  maktablarning  yana  bir  asosiy  vazifalardan  biri  -  о‘sayotgan  avlodni 

tarbiyalashdir. Har bir jamiyat yosh avlodni tarbiyalashga о‘ziga xos talablarni qо‘yar 

edi.  Kimyo  darslarida  о‘quvchilarni  mehnatsevarlikka,  ilmiy  dunyoqarashni 

shakllantirishga,  tabiatni  muhofaza  qilishni  о‘rgatishga  keng  imkoniyatlar 

bor.О‘qituvchi  asosiy  ishni,  albatta,  darsning  о‘zida-  sinfda  о‘tkazadi,  ammo  bu 

maqsadda sinfdan tashqi mashg‘ulotlardan ham foydalanadi. Ayniqsa, о‘quvchilarni 

ekologik  tarbiyalashda  biologiya,  geografiya,  tarix,  adabiyot  о‘qituvchilari  bilan 

birgalikda  tadbirlar  о‘tkazilsa  maqsadga  muvofiq  bо‘lar  edi.  О‘quvchilar 

dunyoqarashini shakllanishida fanlararo bog‘lar ham katta ahamiyatga ega. Buning 

asosiy maqsadi о‘quvchilarda dunyoning zamonaviy ilmiy birligini anglatishdir.  




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling