Mustaqil ishi


Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana10.12.2021
Hajmi0.5 Mb.
#179708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
MUSTAQIL ISHI 1

1.1. Kimyo о‘qitish uslubiyoti fanining maqsadi va vazifalari. 

 

О‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  boshlab,  malakali,  yetuk 

mutaxassislarga  bо‘lgan  ehtiyoj  keskin  ortganligini  guvohi  bо‘lib  turibmiz. 

Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb 

vazifalaridan biridir. 

Fan  texnikaning rivojlanishi о‘quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar tо‘lqiniga 

bо‘lgan  qiziqishini  kuchaytirmoqda.  Bugungi  kun  nuqtai  -  nazaridan  qaraydigan 

bо‘lsak о‘quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay 

olishi  zarur.  О‘quvchilardagi  bunday  xislatlarni  maktab  о‘qituvchilari  rivojlantirib 

boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli 

ishda mas’uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. 

Bunday ma’suliyatli ishni hal etish о‘quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan 

qurollantirish,    fanga    qiziqtirish,    mustaqil    ishlash    va    fikrlashga    о‘rgatishni  

uslubiga  bog‘liq. 

Har qanday  mutaxassis - о‘z ishi metodikasiga  qanchalik  e’tibor bersa, u shunchalik 

katta  natijalarga  erishadi.  О‘qituvchi  ishining  asosiy  о‘qitish  metodikasi-

о‘quvchilarni о‘qitish va  tarbiyalash  metodikasidir. Kimyo о‘qituvchisi  ishining 

asosi kimyo о‘qitish  metodikasidir. 

Kimyo о‘qitish uslubiyoti – pedagogikaning tarkibiy qismi bо‘lib, u didaktika bilan 

chambarchas  bog‘langan.  О‘qituvchining  ishi  о‘quvchini  о‘qitish  va  tarbiyalash 

uslubiyoti bо‘lsa, kimyo о‘qituvchisi ishining asosi - kimyo о‘qitish uslubiyotidir.  

 О‘rta  maktabda  о‘quv  jarayoni  uchta  asosiy  funksiyalarni  bajarishi  kerak: 

о‘quvchilarni о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdir. О‘qitish funksiyasi didaktika, 

tarbiyalash  -  tarbiya  nazariyasi,  rivojlantirish  esa  psixologiya  fanlari  yordamida 

о‘rganiladi.  

Kimyo fani ham tushunchalarning murakkab sistemasi bо‘lib yuqorida qayd qilingan 

fanlar  bilan  о‘zaro  ta’sirlashadi.  Bu  о‘zaro  ta’sirlashuv  yangi  bilimlar  sistemasi  - 

kimyo о‘qitish uslubiyoti fani yaratilishiga asos soladi. 

Kimyo  fanining  hodisalari  hayot  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  bо‘lishini  va 

falsafali  talqin  qilishini  talab  qiladi.  Kimyo  о‘qitish  о‘quvchilarda  asta-sekin 

kimyoviy dunyoqarash hosil qilishi kerak. 

Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini о‘qitishning maqsad va vazifalari 



О‘quvchilarda  modda  va  ularning  tuzilishi,  asosiy  kimyoviy  tushunchalarni  hosil 

qilish,  moddalarni  tabiatda  uchrashi,  fizik  xossalari,  olinishi  va  xalq  xо‘jaligida 

ishlatilishi, moddalar orasidagi genetik bog‘lanishlarga doir bilimlarni shakllantirish, 

noorganik kimyodan о‘quvchilarga puxta bilim berish, о‘quvchilarda kimyo faniga 

bо‘lgan qiziqishni hosil qilish, kimyoviy tajribalar va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish 

orqali  о‘quvchilarda  amaliy  kо‘nikma,  malakalarni  rivojlantirish,  shuningdek, 

tajribalar natijasiga kо‘ra ilmiy xulosalar bera olish malakalarini hosil qilish, tabiatga 

va atrof-muhitga nisbatan ijobiy fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. 




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling