Mustaqil ishlarni rasmiylashtirish qoidalari Referatning tuzilishi
Download 19.45 Kb.
|
9- мавзу.МИҒ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular
- Mustaqil ishlarni rasmiylashtirish qoidalari Referatning tuzilishi
- Referatni rasmiylashtirish talablari
Mavzuning 9-seminariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqorida taqdim qilingan material asosida referat tayyorlash kerak. Referatning hajmi 10 betdan oshmasligi tavsiya qilinadi. Referat quyida mavzulardan birini tanlash asosida tayyorlanadi. Referat qoidaga binoan rasmiylashtirilishi zarur. Mavzular:
Mustaqil ishlarni rasmiylashtirish qoidalari Referatning tuzilishi: 1. Titul varag‘i 2. Mundarija 3.Kirish 4. Asosiy qism 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Birinchi bet titul varag‘i hisoblanadi va u qat’iy qoida asosida rasmiylashtirilishi kerak. Titul varag‘idan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning hamma boblari, betlari ko‘rsatiladi. Mundarijadagi boblar matndagi boblarga aynan mos kelishi kerak. Ularni qisqartirish, boshqa shaklda berish yoki buzish mumkin emas. Referatning kirishi uning muhim qismi hisoblanadi.Odatda bunda tanlangan muammoning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, qisqacha mazmuni, mavzuning ob’ekti ko‘rsatiladi. SHu mavzuga oid manbalar tavsifi, mavjud adabiyotlarning qisqa obzori beriladi. Mavzuning dolzarbligi uning shu davrdagi muhimligi va ijtimoiy ahamiyatini nazarda tutadi. Mavzu bo‘yicha mavjud manbalar, adabiyotlarning obzori muallifning ularni tizimga keltirish malakasi, tanqidiy yondashuvi, muhimlarini ajrata bilishi, asosiysini belgilay olishidan dalolat beradi. Asosiy qism. Referatning asosiy qismining tuzilishi boblar va paragraflardan iborat bo‘ladi. Ularning soni va nomi muallif tomonidan belgilanadi. Asosiy qismning boblari mazmuni ishning mazusiga aniq mos kelishi va uni to‘liq ochib berishi kerak. Boblarning ma’lumotlari talabaning materialni ixcham, mantiqan, dalilar asosida bayon qilishi, umumlashtirishi, tahlil qilishi va mantiqiy xulosalar chiqarishini ko‘rsatishi kerak. Referatning asosiy qismi turli manbalardan olingan material bilan birga talabaning keltirgan faktlariga asoslangan o‘z fikrlari va shakllantirilgan xulosalarini ham qamrab olishi zarur. Referatning asosiy qismida foydalanilgan adabiyotlar mualliflarining nuqtai nazarlari, fikrlari, ma’lumotlariga ixtibos berish muhimdir. Manbalarga beriladigan ixtiboslar ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, ixtibos har bir betning oxirida beriladi. Bunda muallifning familiyasi, ismi sharifi, ishning to‘liq nomi, nashr qilingan yili, ixtibos qaerdan olinganligi ko‘rsatiladi. Ikkinchisi, matnda foydalangan adabiyotning ixtibosi quyidagicha beriladi. Masalan, foydalanilgan manbaning nomeri (5) va beti( 25) adabiyotlar ro‘yxatida beriladi.[5;25]. SHuningdek, u matndagi so‘zlarni takrorlamasligi, balki qilingan ish to‘g‘risida muallifning fikrlarini aks ettirish kerak. Xulosa qismi umumlashtirilgan fikrlarni mantiqiy izchillikda bayon qilishdan iboratdir. Xulosa 2 betdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Xulosada talabaning o‘zi mustaqil ravishda qanday fikrlarni bildirganligi ko‘rinishi kerak, ya’ni ijodiy yondashishi aniq izohlanishi maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ishning bir qismi hisoblanadi. Bu muallifning mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi va referatning fundamental darajasini belgilaydi. Referatni tayyorlash jarayonida foydalanilgan hamma manbalarni adabiyotlar ro‘yxatiga kiritish zarur. Hozirgi davrda adabiyotlarni alfavit tarzda berish usuli keng tarqalgan.(Bunda mualliflarning familiyalari tartib bilan joylashtiriladi) . Internet manbalari uchun ishning nomi, manbasi va sayt ko‘rsatilishi kerak. Axborot resurs tizimi- //http:// www.google.uz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan keyin, tablitsalar, grafiklar, diagrammalar ham kiritilishi mumkin. Referat matnlarining hamma betlarida ixtiboslar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Referatni rasmiylashtirish talablari: Referatni kompyuterda bajarish talab qilinadi.(garnitura Times New Roman, shrift 14), interval 1,5, hoshiyalar: yuqori va pastdan – 2; o‘ngdan-3; chapdan-1,5. Ixtiboslar 12 shrifda beriladi. Titul varag‘ida nomer qo‘yilmaydi, ammo betlarning umumiy soniga kiritiladi. Referat betlarining umumiy soni 15 betdan oshmasligi kerak. Bunda ilovalar inobatga olinmaydi. Referat betlarining oshib ketishi ishning kamchiligi hisoblanadi. Bundan muallif materiallarni to‘g‘ri tanlay qayta ishlay olmagan, degan xulosa chiqishi mumkin. Ilovada yordamchi va qo‘shimcha materiallar joylashtiriladi. Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling