Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar


Download 56.84 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi56.84 Kb.
#1445017
  1   2
Bog'liq
2-amaliy mash




Mustaqil ishlash uchun misol va masalalar
1.Yashikda 50 ta bir xil mahsulot bor, ulardan 5 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga bitta mahsulot olinadi. Olingan mahsulot yaroqli bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
2. Ikkita o‘yin kubi tashlanganda hech bo‘lmaganda bir marta 6 raqam tushish ehtimolini toping.
Javobi.
3. Simmetrik kubning ikkita tomoni ko‘k rangga, uchta tomoni yashil rangga va bir tomoni qizil rangga bo‘yalgan. Kub bir marta tashlanganda yashil tomoni tushish ehtimolini toping.
Javobi.
4. ta oq va ta qora shar solingan idishdan tavakkaliga 5 ta shar olinadi. Ular orasida ikkita oq shar bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
5. Qur’a tashlashda ishtirokchilar yashikdagi 1 dan 100 gacha nomerlangan jetonlardan tasodifan oladilar. Tavakkaliga olingan birinchi jetonning nomerida 5 raqami uchramaslik ehtimolini toping.
Javobi.
6. Xaltachada 5 ta bir xil kub bor. Har bir kubning barcha tomonlariga quyidagi harflardan biri yozilgan: o, p, r, s, t. Bittalab olingan va «bir qator qilib» terilgan kublarda «sport» so‘zini yozilish ehtimolini toping.
Javobi.
7. Oltita bir xil taxtachaga har biriga quyidagi harflardan biri yozilgan: a, t, m, r, s, o. Taxtachalar yaxshilab arashlashtirilgan. Bittalab olingan va «bir qator qilib» terilgan to‘rtta taxtachada «tros» so‘zini o‘qish mumkinligi ehtimolini toping.
Javobi.
8. Hamma tomoni bo‘yalgan kub mingta bir xil o‘lchamli kubchalarga bo‘lingan va yaxshilab aralashtirilgan. Tavakkaliga olingan kubchaning a) bitta; b) ikkita; c) uchta yoqi bo‘yalgan; d) bo‘yalmagan bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. a) b) c) d) 0,512.
9. Yaxshilab aralashtirilgan 28 ta domino toshidan tavakkaliga bitta tosh olingan. Ixtiyoriy ravishda olingan ikkinchi toshni birinchi tosh yoniga o‘yin qoidasi bo‘yicha qo‘yish mumkinligi ehtimolini birinchi tosh
a) dubl bo‘lganda; b) dubl bo‘lmaganda toping.
Javobi. a) b)
10. 8 ta turli kitob bitta tokchaga tavakkaliga terib qo‘yiladi. Tayin ikkita kitob yonma-yon bo‘lib qolish ehtimolini toping.
Javobi.
11. Kutubxonada 10 ta turli kitob bor, bunda beshta kitobning har biri 4 ming so‘mdan, uchta kitob ming so‘mdan, ikkita kitob 3 ming so‘mdan turadi. Tavakkaliga olingan ikkita kitobning bahosi 5 ming so‘m bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
12. Raqamlari har xil ikki xonali son o‘ylangan. O‘ylangan son:
a) tasodifan aytilgan ikki xonali son bo‘lishi; b) tasodifan aytilgan, raqamlari har xil ikki xonali son bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
13. Ikkita o‘yin kubi tashlangan. Kublarning yoqlarida tushgan ochkolar yig‘indisi yettiga teng bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
14. Ikkita o‘yin kubi tashlangan. Quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping: a) chiqqan ochkolar yig‘indisi sakkizga, ayirmasi esa to‘rtga teng; b) chiqqan ochkolar ayirmasi to‘rtga tengligi ma’lum bo‘lib, ularning yig‘indisi sakkizga teng.
Javobi. a) 1/ 18; b) 1/2.
15. Ikkita o‘yin kubi tashlangan. Kublarning yoqlarida chiqqan ochkolar yig‘indisi beshga, ko‘paytmasi esa to‘rtga teng bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi. 1/18.
16. Tanga ikki marta tashlangan. Hech bo‘lmaganda bir marta “gerbli” tomon tushish ehtimolini toping.
Javobi. 3/ 4.
17. Tangani uch marta tashlaganda hammasida “gerb” tushish ehtimoli topilsin.
Javobi. 1/8.
18. Qutida nomerlangan oltita bir xil kubik bor. Hamma kubiklar tavakkaliga bittalab olinadi. Olingan kubiklarning nomerlari ortib borish tartibida chiqish ehtimolini toping.
Javobi. 1/ 720.
19. Dastada 101, 102, … , 120 bilan nomerlangan ixtiyoriy taxlangan 20 ta perfokarta bor. Perfokartachi tavakkaliga ikkkita karta oladi. 101 va 120 nomerli kartalar chiqish ehtimolini toping.
Javobi. .
20. Konvertdagi 100 ta fotokartochka orasida bitta izlanayotgan fotokartochka bor. Konvertdan tavakkaliga 10 ta kartochka olinadi. Bularning orasida kerakli kartochka ham bo‘lish ehtimolini toping.
Javobi.
21. Yashikda 100 ta detal bo‘lib, ulardan 10 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga 4 ta detal olingan. Olingan detallar orasida: a) yaroqsiz bo‘lmasligi; b) yaroqli detallar bo‘lmasligi ehtimolini toping.
Javobi.
22. Abonent, telefon nomerini terayotib nomerning oxirgi uch raqamini eslay olmadi va bu raqamlar turli ekanligini bilgani holda ularni tavakkaliga terdi. Kerakli raqamlar terilgan bo‘lish ehtimolini toping.

Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling