Mustaqil ishlash uchun savollar
Download 265.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavlayanova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Korrupsiyaning ko„rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi
- YUqori bo„g„inli korrupsiya
- O„rta bo„g„inli korrupsiya
to„laqonli ro„yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o„zida mas‟uliyat his etsa, qo„yilgan
maqsad va muddaolar echimi paydo bo„ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas‟ul shaxslarning mas‟uliyatsizligi yoki ta‟magirligiga guvoh bo„lganda sharoitga bo„ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o„rniga bong urishimiz kerak. Mas‟uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o„zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg„onadi, zimmasida qanday mas‟uliyat borligini his etadi. 3. Korrupsiyaning ko„rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo„yadigan adolat tuyg„usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e‟tibor qaratmoqda. Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktyabr oyidan boshlandi. SHu yilning 14 oktyabrida O„zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to„g„risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to„liq qonuniy tartibga solish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko„zda tutildi. YUqori bo„g„inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo„lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o„marishga ( qo„shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug„aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma‟lum bo„lmoqda) harakat qiladilar. O„rta bo„g„inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo„ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling