Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ishni bajarishda talaba
Download 16.29 Kb.
|
Mustaqil ish (1)
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ishni bajarishda talaba o’tilgan mavzular bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini, adabiyot va internet tarmog’idan olgan ma'lumotlar bo’yicha mustaxkamlaydi va ko’nikmaga ega bo’ladi. Talaba mustaqil ishni bajarishda, uning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: -berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlash; -ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; -nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; -amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish; -ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezisini tayyorlash; -axborot texnologiyalarini qo’llab, ayrim mavzularning elektron versiyalarini yaratish; -hisob-grafik ishlarini bajarish; -maket, model va namunalar yaratish va boshqalar. Mustaqil ish referat shaklida bajarilsa, u quyidagicha rasmiylashtiriladi. Referat A4 formatli qog’ozda kompьyuter yoki qo’lda yoziladi, unda zaruriy shakl va chizmalar chizilishi va rasmlar bilan boyitilishi mumkin. Murakkab chizma va rejalarning nusxasi kserokopiya shaklida tayyorlanishi ham mumkin. Referat oxirida foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari ko’rsatiladi. Mustaqil ish boshqa shakllarda bajarilsa, ma’ruza olib boruvchi o’qituvchi talabaning qobiliyatini hisobga olgan holda aniq topshiriq beradi. Mustaqil ish bo’yicha maslahatlar uyushtiriladi va uning natijalari talabaning joriy baholanishida hisobga olinadi. Tayyorlangan referatlar darsdan bo’sh vaqtda ma’ruzachi o’qituvchiga savol-javob tarzida topshiriladi.
Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling