Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 19.67 Kb.
|
Мустакил иш мавзулари Бошкарув психологияси (1)
. MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; maket, model va namunalar yaratish; ilmiy maqola, anjumanga mahruza tayyorlash va h.k.. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar, masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy mahruza mavzulari bo’yicha amaliy masala va misollar yechish uslubi va mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi. “Boshqaruv psixologiyasi” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la tahminlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning mahruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil tahlim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli mahlumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib mahlumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va mahruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil tahlimsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa mahruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Fan bo’yicha talabalarga mustaqil ish uchun 80 soat ajratilgan. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida o’zlashtirish; amaliy mashg’ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma’ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash. Talabalarning mazkur fan bo’yicha mustaqil ishini tashkil etish va uni nazorati “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi” talablari ga muvofiq FarPI uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan « Boshqaruv psixologiyasi» fanidan mustaqil ishni bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma asosida fan bo’yicha mustaqil ishni tashkil etish, nazorat qilish va baholash olib boriladi. “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va fan bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlariga rejalashtirilgan mustaqil tahlim mavzulari quyidagi ko’rinishida shakllantirilgan. “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan mustaqil ta’lim sifatida o’rganiladigan quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
2. Tashkilotlar faoliyatini va personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari; 3. Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari; 4. Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni; 6. Rahbar shaxsi; 7. Boshqaruv uslublari; 8. Liderlik va boshqaruv; 9. Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari 10. Boshqaruv qarorlarni qabul qilish; 11. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari; 12. Rahbar va oila; 13. Jamoada ijtimoiy guruhlarni boshqarish; 14. Guruhlar psixologiyasi; 15. Tashkilotni katta guruh sifatida boshqarish imkoniyati; 16. Jamoalar va xodimlarni boshqarishning psixologik asoslari; 17. Tashkilot ijtimoiy tuzilma sifatida 18. Tashkilotdagi kommunikatsiya; 19. Tashkilotda xodimlar tipologiyasi; 20. Xodimlar motivatsiyasini boshqarish; 21. Tashkilotda nizolarni boshqarish; 22. Kadrlar siyosatini amalga oshirishda psixologik bilimlar; 23. Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi; 24. Tashkilotda xodimlarni o’qitish; 25. Boshqaruvda majlislar o’tkazish texnologiyasi; 26. Vaqtni boshqarish; 27. Boshqaruvda nazoratni takomillashtirish; 28. Insoniy munosabatlar boshqaruv omili sifatida. Fan bo’yicha talabalarga mustaqil ish uchun 22 soat ajratilgan. Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida o’zlashtirish; amaliy mashg’ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o’quv loyihalarini “Axborot resurs markazi” manbalari hamda izlanish ob’ekti bo’lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlarini to’plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma’ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash. Talabalarning mazkur fan bo’yicha mustaqil ishini tashkil etish va uni nazorati Farg’ona politexnika institutining fan bo’yicha mustaqil ishni tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo’yicha Uslubiy ko’rsatmalar asosida olib boriladi. Download 19.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling