qabul qilish yoki yangi Konstitutsiyani yaratish emas, balki unga o„zgartish va
qo„shimchalar kiritish nazarda tutildi.
Bu parlament a‟zolari va siyosiy partiya vakillarining konstitutsiyaviy
vatanparvarligidan yaqqol dalolatdir.
Yodimizda bor, 1992 yil 8 sentyabrda amaldagi Konstitutsiyamiz loyihasini
umumxalq muhokamasiga taqdim etishga qaror
qilingandan so„ng loyihani
tayyorlash ishlari 1992 yil 26 sentyabr kuni yakunlanib, shu sanada matbuotda e‟lon
qilingandi. Bu amaliyotdan farqli ravishda joriy yil 20 may kuni tuzilgan
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan amaldagi Asosiy qonunga o„zgartish va
qo„shimchalar kiritish borasidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashdan
oldin, eng avvalo, aholining fikri, taklif va tashabbuslari o„rganildi, jamlandi.
Chunonchi, an‟anaviy aloqa vositalaridan tashqari takliflarni og„zaki shaklda taqdim
etish uchun barcha sharoitlar yaratildi, shuningdek, takliflarni elektron tarzda
yo„llash uchun internet va ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar ishga tushirildi.
Masalan, meningkonstitutsiyam.uz platformasi, 1341 qisqa raqamli call centre,
an‟anaviy pochta aloqasi, mahallalar, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari,
“Telegram”
messenjeridagi
maxsus
bot, taklif@meningkonstitutsiyam.uz yoki taklif@2022.uzelektron pochtalari orqali
takliflarni qabul qilish tizimi yo„lga qo„yildi.
Yana bir e‟tiborli jihati, xalqimiz tomonidan bildirilgan takliflar ko„lami, mazmun-
mohiyati va ahamiyati ham yurtdoshlarimizdagi konstitutsiyaviy vatanparvarlikni
namoyon qildi, ularning huquqiy va siyosiy ong darajasi yuqoriligini ko„rsatdi.
Xususan, konstitutsiyaviy qonun loyihasi tayyorlangunga qadar bo„lgan bir oylik
Do'stlaringiz bilan baham: |