yorqin namunasidir.
Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko„lamli
vazifalar, insonparvar va xalqparvar davlatni barpo etish, insonning qadri, huquq va
manfaatlarini yanada samarali ta‟minlash yo„lidagi maqsadlar mamlakatimizdagi tub
islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini
yuzaga keltirdi. Shunga asosan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko„p
deputatlik o„rniga ega bo„lgan O„zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda
“Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyalarining 2022 yil 17 may kungi
qo„shma majlisida mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish
tashabbusi ilgari surildi. Bunda keng jamoatchilik fikrini, xalqaro konstitutsiyaviy
tajribani o„rgangan holda puxta o„ylangan takliflar tayyorlash lozimligini e‟tiborga
olib, Asosiy qonunga o„zgartish va qo„shimchalar kiritishga oid tashkiliy-huquqiy
masalalarni ko„rib chiqish bo„yicha Oliy Majlis palatalari kengashlariga taklif
kiritildi.
Mazkur taklif Oliy Majlis palatalari kengashlarinin
g 2022 yil 20 maydagi qo„shma
yig„ilishida ko„rib chiqilib, qo„llab-quvvatlandi va «Konstitutsiyaviy islohotlarni
amalga oshirish bo„yicha ko„riladigan chora-tadbirlar to„g„risida»gi qo„shma qaror
bilan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o„zgartish va qo„shimchalar
kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga
oshirish bo„yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Ikkinchi
– Konstitutsiyaga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish bo„yicha takliflarni
jamlash bosqichi
Oliy Majlis palatalari kengashlari tomonidan qabul qilingan qo„shma qaror yana
shunisi bilan diqqatga sazovorki, unda O„zbekiston Konstitutsiyasini yangi tahrirda
Do'stlaringiz bilan baham: |