Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author


Download 5.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/49
Sana18.06.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1560986
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Boshlovchi yigit: Navro„z – yangi kun demakdir. Keksalarning 
aytishlaricha, Navro„z kiradigan kecha “Qozon to„ldi” deb atalgan. “Qozon to„ldi” 
– sof oilaviy udum bo„lib, har bir oila o„z imkoniyatiga qarab tansiq taomlar 
(ko„pincha, palov), ko„kat somsalar, bo„g„irsoqlar tayyorlaydi. Shuningdek, bobo 
Dehqon haqiga “is” chiqaradilar.
“Qozon to„ldi”ning ertasi kuni “is” yog„i bilan qo„shga qo„shiladigan 
ho„kizlarning shoxlarini moylashgan. “Qozon to„ldi” oqshomida tayyorlangan 
taomlar va pishiriqlar qo„ni-qo„shnilarga ulashilgan. Shu oqshomda kechasi bilan 
ko„pchilik bo„lib sumalak va halim pishirilgan. Bu taomlar qozoni ertasiga 
ochilgan. (10-bet) 
1-o„quvchi: 
Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan, 
1
Navro„z
. Тuzuvchilar: Т.Мirzayev, М.Jo„rayev. – Т.: Fan, 1992. 

93-bet. Кеyingi ko„chirmalar ham shu nashrdan 
olingani uchun sahifasi qavs ichida ko„rsatiladi.


93 
Hamma bir-biriga jigar so„z ekan, 
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan, 
Boychechak chiqibdi bugun Navro„z ekan. 
Ko„klamoy: 
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy bobo. 
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, oy momo. 
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy ona. 
Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan. 
Navro„zoy: 
Hoy, bog„bon bobo, niholga bersin baraka. 
Hoy, dehqon bobo, dalangga bersin baraka. 
Hoy, cho„pon bobo, qo„rangga bersin baraka. 
Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan. (47-bet) 
Qo„llariga savatchalar ko„tarib olgan o„g„il-qizlar davraga chiqishib, 
mehmonlarga boychechaklar hadya qilishadi. 
Gullarni hidlab, ko„zlariga to„tiyo qilgan yoshi ulug„ onaxon deydi: 
Omonliq, hey omonliq, 
Yetdik Navro„zga. 
Unutilsin yomonliq 
Qut ber, rizq-ro„zga. (42-43-betlar) 
Keksa kishilar timsolidagi o„quvchilar kelasi yilni sog„-salomat qarshi 
olishni niyat qilishib, bolalarga shirinliklar tortiq qilishadi. 
Yakkaxon va xor ijrosida “Boychechak” qo„shig„i yangraydi. 
 Baxshi bobo jo„shib-jo„shib kuylaydi: 
Navro„z nishonasi bu, 
Bobo dehqon ish boshlar, 
Ezgu niyat bilan u 
Yeriga urug„ tashlar, 
Keling Navro„z sayliga, 
Siz ham keling mayliga. (93-bet) 
Bir o„g„il bola sahnaning o„rtasiga toshbaqani teskari tomoniga ag„darib 
qo„yib, chiqib ketayotganida boshlovchi yigit uni to„xtatib, bu xatti-harakatining 
boisini so„raydi. 
Bola: Ma‟lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan buyon dehqonchilik 
bilan shug„ullanib, hayot kechirishgan. Bu udum mo„l-ko„l hosil, qut-baraka 
manbai bo„lgan yomg„ir yog„ishga qaratilgandir. 

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling