90
II.
Kirish qismi. “Power Point” dasturida tayyorlangan
prezentatsiyada
ijodkorning izlanishlari, uslubi va mahorati
asarlari misolida matn, tasvir (foto,
manzara, jadval, diagrama kabi grafik organayzerlar), animatsiyalar shaklida
slaydlarda o„z ifodasini topadi.
III. Asosiy qism. Mashg„ulotning kulminatsion
nuqtasi hisoblanadigan bu
jarayonda o„quvchilar dastlab adibdan o„zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish
imkoniyatiga ega bo„ladilar. Jumladan, N.Norqobilov bilan uyushtirilishi mumkin
bo„lgan mashg„ulot uchun ijodkorga quyidagicha savollar tayyorlanadi:
1. Badiiy ijod sohasiga qiziqishingiz qanday boshlangan?
2. “Chorraha” nomli ilk hikoyangiz chop etilganda ko„nglingizdan kechgan
tuyg„ular bilan o„rtoqlashsangiz.
3. Hayvonlar hayoti haqida asarlar yozishga qanday omillar turtki bo„lgan?
4. Asarlaringizda
tasvirlangan Ismsizdara, Toshliburun,
Egarliqoya kabi
ko„plab joylar haqiqatan ham bormi yoki ularni o„zingiz o„ylab topganmisiz?
5. Hayvonot dunyosi aks ettirilgan qaysi asarlaringiz asosida film suratga
olinishini istar edingiz?
6. Sir bo„lmasa, ayni damlarda bolalarga bag„ishlab
qanday asarlar
yozayapsiz?
7. Bugungi yoshlarning kitobxonlik darajasi haqida nimalar deya olasiz?
O„z navbatida ijodkor ham savollar bilan murojaat qilib, o„quvchilar bilimi
va dunyoqarashini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: