Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dramatik asarlar tahlili.
Birinchi qism
Tong ochar ko„zlarin erinib, Sevinchdan yig„laydi qiyoqlar, Chechaklar jilmayar sevinib, Shamolda cho„milar giyohlar. Ikkinchi qism Subhidamda qiyoq gullarga shabnam qo„nishi, quyosh nurlari erkalab uyg„otgan chechaklar shodlikdan yaproq yozishi, o„t- o„lanlarning shabadada tebranishlari go„yo shudringda cho„milayotgandek tasvirlanadi . To„rtinchi bosqichda esa o„ng tomonga izohlanayotgan misralar, tasvir vositalarining shoir g„oyasini yoritishdagi ahamiyati, she‟r haqidagi umumiy xulosalar yoziladi. She‟rda mehnat qilishdan boshqasini bilmaydigan kishilarning ishonch va e‟tiqodlari falsafiy yo„sinda aks ettirilgan. Atrofidagi go„zalliklardan bebahra 36 kimsalarga hayotni faqat o„z qarashlari bilan o„lchamasligi ta‟kidlanadi. Unda qo„llanilgan ramz – ko„chim san‟atining keng tarqalgan turi bo„lib, chumoli timsoli orqali zahmatkash va tirishqoq, lekin ayni vaqtda loqayd, hissiz kishilarga ishora qilinadi. Chumolining lirik qahramon tomonidan o„ziga jalb etuvchi maysalar go„zalligi (borliqning maftunkorligi)dan bahramand bo„lish, hayotdan zavqlanishga undalishi ritorik murojaatdir. Keyingi bosqichda o„quvchilarning xohishlariga ko„ra bir nechtadan ko„chirmalar va izohlarni o„qish taklif etiladi. Izohlar o„qilayotganda savollar berish yoki bayon qilinayotgan fikrlarga tengdoshlarining fikri bilan qiziqish beshinchi bosqich sharti hisoblanadi. Jarayon juftliklar yoki kichik guruhlarda ishlash orqali davom ettirilib, so„nggi bosqichga o„tilishi ham mumkin. Dramatik asarlar tahlili. Istiqlol yillarida o„zbek milliy dramaturgiyasi sohasida ham ko„zga tashlanarli evrilishlar yuz berganligini Usmon Azimning “Bir qadam yo„l”, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, Abdulla A‟zamning “Dugohi Husayniy”, Ilhom Hasanning “Bir kam dunyo” kabi dramalari misolida ko„rish mumkin. Jumladan, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon” tragediyasini so„nggi yillarda inson qadr-qimmati, o„zlikni anglash mavzusida yaratilgan sara asarlardan biri sifatida tilga olish mumkin. Ezgulik va yovuzlik, qanoat va nafs kabi qarama-qarshiliklar ota va farzandlar o„rtasidagi munosabatlar misolida tahlilga tortilishi jarayonida nutqiy, kommunikativ va kreativlik kompetensiyasi shakllantirilishiga erishish mumkin. Bunda “Rolli o„yin darsi”, “Teatrlashtirilgan dars” texnologiyalarining zarur elementlari qo„llanilsagina ijobiy natijalar qayd qilinadi. Dramatik asar tahliliga tayyorlanayotib, o„qituvchi o„zi uchun matn ustida ishlashning markaziy muammosini belgilab oladi. Asosiy ziddiyatni aniqlash jarayonida o„quvchilarning yetakchi qahramonlar bilan to„qnashuvi ro„y beradi, ular voqealar rivojida qanday o„rin tutishi belgilanadi. Dramada “voqelikning muayyan bir qirrasiga, ya‟ni kulgili yoki fojeaviy tomoniga ko„proq e‟tibor berilmasdan, hayot xuddi hayot holida, butun bir murakkabligi va turli-tuman jarayonlari bilan yaxlitlikda va atroflicha qamrab olinadi” 1 . 8-sinf o„quvchilari mustaqil o„rganishlari mumkin bo„lgan Muhammad Rahmonning “Abadiy nido” 2 dramatik dostonida Detektiv laqabli yigit, fizik (o„qituvchi), taqvodor (domla imom), Uchar (aslida Ko„char, tijoratchi) kabi obrazlar xarakter xususiyatlari yuzaga kelgan o„zaro to„qnashuvlar ta‟sirida ochilib, davrning muhim ijtimoiy-ma‟naviy muammolarini qamrab oladi. Voqealar rivojida keskin tus olgan bahslashuv tijoratchi Ucharning alal-oqibat boshqalarga yon bosishiga, ma‟naviy qiyofasida tub o„zgarishlar yasashiga asos bo„ladi. “Abadiy nido” doston deyilgani bilan sahna ko„rinishlari, dialoglar mavjudligi bois dramatikdir. Muallif tomonidan ko„tarilgan hayotiy muammolar, ijtimoiy-axloqiy munosabatlar sabablari yuzaga kelgan ziddiyatlar tasviri vositasida badiiy talqin qilinadi. 1 Хudoyberdiyev E. Аdabiyotshunoslikka kirish. –Т.: Sharq, 2008. – 310-bet. 2 Мuhammad Rahmon. Yo„l ko„rayotgan odam. Saylanma. –Т.: Sharq, 2010. 37 Tijoratchi ismi aynan uning hayot tarzi, fikrlashi va xatti-harakatlariga monand Ucharga aylantirilishi bejiz emas. Shaxsiy manfaatni odamiylikdan ustun bilgan Ko„charning hech narsadan tap tortmasligi, hatto qabristonlarni daromad manbaiga aylantirish borasidagi tortishuvlari kuchli dramatizmni yuzaga keltiradi. Uning qabristonlar kechasi tinch ko„ringani bilan o„g„rilar bu yerda tonggacha qimorbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari bilan shug„ullanishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirishi orqali o„quvchilar tafakkuriga ta‟sir ko„rsatish, bu turdagi asarlar tahlilida e‟tibor qaratish muhim bo„lgan jihatlar hisoblanadi. Ucharning bunday qabihliklarga chek qo„yish uchun tuzgan “reja”siga ko„ra, qabristonlar baland devorlar bilan to„silishi, ustidan tikanli simto„rlar tortilib kuchli yoritgichlar o„rnatilishi, burchak-burchaklardagi vishkalarda o„ktam yigitlar soqchilik qilishlari zarur. Dafn marosimida ulov, go„rkov, g„assol, hatto go„yandalar bilan ta‟minlash xizmatini yo„lga qo„yish bilan kadrlar masalasi hal qilinadi. Agar mozorlarda issiqxona bo„lsa, qishda ham do„konlardan gullar arimasligi, haykal, sag„ana o„rnatish uchun sangtaroshlar sexini ishga tushirish, eng sara joylarni kimoshdi savdosiga qo„yish “loyihasi” voqealarning shiddatli tus olib, qahramonlar ruhiyatidagi portlashlarga sabab bo„ladi. Tanqidchi H.Abdusamatovning “Dramaning asosiy pafosi mavjud eski tartiblarni inkor etish, yangi paydo bo„layotgan ijobiy hodisalarni tasdiqlashga qaratilgan. Yangi hodisalar konflikt jarayonida dramatik xarakterni rivojlantirishda asosiy kuchga aylanib boradi” 1 , degan fikrlari isboti sifatida xulosa qilish mumkinki, taqvodor, o„qituvchi, detektivning insoniylik haqidagi bahslashuvi tijoratchi kayfiyatida sodir bo„lgan tub evrilishlar bilan natijalanadi. Asar boshlanishida avtoulov signallarining ishga tushib ketishi voqealar davomida necha bor takrorlanishi tasodifiy hodisa emasligi, balki ma‟naviy tanazzulga yuz tutgan kimsalarga Yaratgan tomonidan yuborilgan ogohlantirish sadosi bo„lib, niyati buzuqlikning o„zi katta gunohligini Uchar nihoyat tushunib yetadi. Mashg„ulot chog„ida ovoz chiqarib o„qish tahlilning birinchi bosqichi hisoblanadi. O„quvchilar tahlilning asosiy maqsadini aniq tasavvur qilishlari uchun voqealar rivojini kuzatishlari, kulminatsiyani topishlari, to„qnashuvni belgilashlari, qahramonlarning xulq-atvorini aniqlashlari kerak bo„ladi. Busiz dramatik asarni idrok etish amalga oshmaydi. Asarni aktlar va kartinalarga taqsimlash bilan bog„liq dramatik shaklning o„zi ham o„qish chog„ida kichikroq tanaffuslar qilish, o„zaro fikr almashish imkonini beradi. Alohida sahnalar birinchi va ikkinchi mashg„ulotlarda o„qiladi, shundan so„ng obrazlar tahliliga kirishiladi. Qahramonning dramatik xarakterini taftish qilish va baholashdan avval o„quvchilar u haqda aniq tasavvurga ega bo„lishlari lozim. Shuning uchun ham asarni o„qish paytida o„quvchilarda qahramonga nisbatan ma‟lum hislarni uyg„ota olish kerak. Birinchi aktni o„qigandan so„ng “O„zaro savol yo„llash”, “Tergovni bilimdonlar olib boradi” texnologiyalaridan biri asosida suhbat o„tkaziladi. Suhbat jarayonida ... sizga qanday ta‟sir etdi?, ... qanday xulosalar chiqarish mumkin?, ... 1 Аbdusamatov H. Drama – аdabiyotning gultoji. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –87-bet. 38 o„rtasida qanday farq yoki o„xshashlik bor?, ...ning kuchli yoki ojiz tomonini ko„rsating tarzidagi savollar qahramonlar xarakteriga yangicha qarash va baho berish imkoniyatini yaratadi, o„tgan davrni tasavvur qilishga o„rgatadi. Tahlil o„quvchilar tomonidan mustaqil ishlarni bajarish bilan yakunlanadi. Ularda asar yuzasidan aniq tasavvurlar uyg„otiladi, nuqtai-nazarlar shakllantiriladi. O„qish va suhbat chog„idagi kuzatishlar asosida qahramon haqida muayyan xulosalar chiqarish uyga vazifa tarzida beriladi. Dramatik asarni tahlil qilish bilan bir paytda o„quvchilar personajlarning nutqi ustida ham ishlaydi. So„z talaffuzi ustida ishlash, nutq maromi va sur‟atiga amal qilish, mantiqiy urg„uni to„g„ri qo„yish, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantirib og„zaki hikoyalash – dramatik obrazni ochib berishning muhim vositasidir. O„quvchilardan jiddiy tayyorgarlikni talab qiluvchi teatrlashtirilgan rolli ko„rinishlarni sahnalashtirish ishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Personajlar guruhi tahlili qahramonlarning asosiy xususiyatlarini ochib beruvchi umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish yo„li bilan amalga oshiriladi. Xulosalardan asosiy fikrlar ajratib ko„rsatiladi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling