Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Izlanishlar”
- “Kim nimani bilib oldi”
“Tavsiyalar”, “Izlanishlar” va “Natijalar” deb nomlangan uch bosqichda amalga
oshirilishi rejalashtiriladi. Dastlabki bosqichda milliy va umuminsoniy muammolar talqiniga keng o„rin berilgan bir qancha asarlar mustaqil mutolaaga tavsiya qilinadi. Jumladan: 1. Fariduddin Attor. Hikmatlar va hikoyatlar. Forsiydan Jamol Kamol tarjimasi. “Hikmatlar”, “Mantiq ut-tayr”dan ”Bir burda non”, “So„z qadri”, 1 Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. –Т.: Sharq, 2009. –150-bet. 2 Yo„ldoshev Q. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari 9-sinfi uchun darslik. I qism. –T.: Yangiyo„l poligraph servis, 2014. – 93-bet. 3 Ibrohim Haqqul. Таqdir va tafakkur. –Т.: Sharq, 2007. – 295-bet. 56 “Ilohiynoma”dan “Ali va chumoli”, “Dunyo mohiyati”, “Asrornoma”dan “Suvdagi aks”, “Sham ko„targan nodon” kabi hikoyatlar; 2. Miraziz A‟zam. Kuzgi yaproqlar. To„rt buyuk qoya etagida (tarjimalar). ”Asrornoma”dan “Qafasdagi to„ti”, “Sulaymon bilan chivin”, “Ilohiynoma”dan “Ko„karmasdan burun meva bergan daraxt”, “Shayxning mushugi”, “Mantiq ut- tayr”dan “Pir ila shoh”. “Izlanishlar” bosqichida esa quyidagi usullarni qo„llash orqali tavsiya etilgan adabiyotlar o„quvchilar tomonidan qay darajada o„qib-o„rganilayotgani aniqlanadi: 1. “Davomini siz ayting” usuli. Mazkur usuldan adabiyot darslarida uyushtiriladigan “Lirik chekinish”lar chog„ida foydalanish mumkin. Buning uchun dastlab o„quvchilar badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga ahamiyatli sanalgan asarlar tanlanadi. So„ngra asarlarning ayrim o„rinlari o„qituvchi tomonidan yoddan o„qiladi yoki magnit tasmasiga yozib olinib, o„quvchilar e‟tiboriga havola qilinadi. O„quvchilar bu lavha ijodi o„rganilayotgan adibning qaysi asaridan olinganligi; agar matn dialog shaklida bo„lsa, suhbat kimlarning o„rtasida bo„lib o„tganligi; monolog tarzidagi matn qaysi qahramon nutqiga tegishli ekanligi; hikoyat kim tomonidan o„zbek tiliga tarjima qilinganligi; keltirilgan parchadan so„ng voqealar davomi qanday yakun topganligini qisqacha hikoya qilib berishlari, shuningdek, asarda ilgari surilgan g„oyani izohlashlari va xulosalarini bayon etishlari zarur bo„ladi. Masalan, o„qituvchi tomonidan ifodali o„qilgan “Ko„karmasdan burun meva bergan daraxt” parchasi DVD diskidan qo„yib eshittiriladi. Attorning “Ilohiynoma” dostonidan keltirilgan parchada Sharq xalqlari orasida adolatli hukmdor deb nom qozongan No„shiravon va donishmand chol o„rtasidagi muloqot jarayoni aks ettiriladi. Asar o„zbek kitobxonlariga shoir Miraziz A‟zam tarjimasida taqdim etilgan. Kunlarning birida No„shiravoni Odil o„z amaldorlari bilan mamlakati sarhadlarini aylangani chiqibdi. Tog„-toshlar, bog„-rog„lar kezib, daryo-ko„llardan o„tib, nihoyat bir sahroga yetib kelibdilar. Bu yerda shohning ko„zi quduqdan suv tashib, ko„chat o„tqazayotgan mo„ysafidga tushadi. Otidan tushib, u bilan suhbat quradi. No„shiravonga cholning daraxtlar hosili kelgusi nasllarga atalganligi haqidagi purma‟no javoblari xush yoqadi. Unga ishlarida kuch-g„ayratlar tilab, lutf-marhamatlar ko„rsatadi va oltin- kumushlar in‟om qiladi. Chol esa mehnati besamar ketmaganligi, nihollar ekilmasidan oldin o„z nishonasini ko„rsatganligidan mamnun bo„ladi. Asarda yoshi anchaga borib qolgan qariyaning cho„lni obod etib, bog„ barpo etishi tasviri orqali oliyjanoblik va bunyodkorlik g„oyalari ulug„lanadi. Inson xoh u shoh bo„lsin, xoh oddiy fuqaro bu o„tkinchi dunyoda ezgu nom qoldirishi uchun savob ishlar qilishga da‟vat etiladi, yaratuvchanlikka ruhlantiriladi. Har qanday ko„rinishda bo„lishidan qat‟iy nazar, o„zgalarga yaxshiliklar sog„inishi, ko„ngillarni shod aylash ishqi bilan yashashi insoniylik belgisi ekanligi ta‟kidlanadi. Shuningdek, unda ajdodlar kelajak avlodlar uchun o„zlaridan ma‟naviy va moddiy meros qoldirishga mas‟ulligi haqidagi g„oya ham ilgari suriladi. Hikoyat 57 mazmunan o„zbek xalqining “Yaxshidan bog„ qoladi” maqoliga yaqin va hamohangdir, degan xulosaga kelish mumkin. Hikoyat davomi shu tarzda nihoyasiga yetkaziladi va unga 4-5 daqiqa vaqt sarflanishi ko„zda tutiladi. 2. Navbatdagi usul “Kim nimani bilib oldi?” deb nomlanadi. Bunda o„quvchilarning mustaqil o„qishlari darsdan tashqari vaqtlarda maxsus so„rovnomalar o„tkazish yo„li bilan aniqlanadi. Savol va topshiriqlarda quyidagilar aks etadi: 1. Ism-familiyangiz? 2. Tavsiya etilgan asarlardan qaysilarini o„qidingiz? 3.O„zingizga manzur bo„lgan hikoyat va hikmatlardan namunalar keltiring. 4. Qaysi qahramonlarning xatti-harakatlari sizga ma‟qul bo„ldi? 5. Voqealar bo„lib o„tgan joylardagi tabiat manzaralarini tasvirlang. 6. Asarning o„zingizga yoqqan lavhalaridan misollar keltiring. Sahifa yakuniga “Qiziqsangiz, bir o„qib ko„ring...” jumlalari qayd etilib, har bir o„quvchi uchun muayyan asardan alohida tanlab olingan parchalar taqdim etiladi. Jumladan: Ali yo„lda borarkan shasht ila to, Chumoliga ziyon etkazdi nogoh. Chumoli qo„l-oyoq silkirdi nolon, Ali ko„rdi va bo„ldi ko„ngli vayron... 1 Bir beozor jonzotga behosdan aziyat yetkazib qo„ygan hikoyat qahramonining ko„nglidan nimalar kechganligini bilish istagidagi o„quvchi, albatta, kitob varaqlashga kirishishi, shubhasiz. Izlanishlari samarasini belgilab beruvchi mashg„ulot ko„rinishidagi Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling