Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author


Download 5.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana18.06.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1560986
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

“Tavsiyalar”, “Izlanishlar” va “Natijalar” deb nomlangan uch bosqichda amalga 
oshirilishi rejalashtiriladi. 

Dastlabki bosqichda milliy va umuminsoniy muammolar talqiniga keng 
o„rin berilgan bir qancha asarlar mustaqil mutolaaga tavsiya qilinadi. Jumladan: 
1. Fariduddin Attor. Hikmatlar va hikoyatlar. Forsiydan Jamol Kamol 
tarjimasi. “Hikmatlar”, “Mantiq ut-tayr”dan ”Bir burda non”, “So„z qadri”, 
1
Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. –Т.: Sharq, 2009. –150-bet. 
2
Yo„ldoshev Q. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari 9-sinfi uchun darslik. I qism. –T.: Yangiyo„l poligraph 
servis, 2014. – 93-bet.
3
Ibrohim Haqqul. Таqdir va tafakkur. –Т.: Sharq, 2007. – 295-bet.


56 
“Ilohiynoma”dan “Ali va chumoli”, “Dunyo mohiyati”, “Asrornoma”dan “Suvdagi 
aks”, “Sham ko„targan nodon” kabi hikoyatlar; 
2. Miraziz A‟zam. Kuzgi yaproqlar. To„rt buyuk qoya etagida (tarjimalar). 
”Asrornoma”dan “Qafasdagi to„ti”, “Sulaymon bilan chivin”, “Ilohiynoma”dan 
“Ko„karmasdan burun meva bergan daraxt”, “Shayxning mushugi”, “Mantiq ut-
tayr”dan “Pir ila shoh”. 
“Izlanishlar” bosqichida esa quyidagi usullarni qo„llash orqali tavsiya etilgan 
adabiyotlar o„quvchilar tomonidan qay darajada o„qib-o„rganilayotgani aniqlanadi:
1. “Davomini siz ayting” usuli. Mazkur usuldan adabiyot darslarida 
uyushtiriladigan “Lirik chekinish”lar chog„ida foydalanish mumkin. Buning uchun 
dastlab o„quvchilar badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga ahamiyatli sanalgan 
asarlar tanlanadi. So„ngra asarlarning ayrim o„rinlari o„qituvchi tomonidan yoddan 
o„qiladi yoki magnit tasmasiga yozib olinib, o„quvchilar e‟tiboriga havola qilinadi. 
O„quvchilar bu lavha ijodi o„rganilayotgan adibning qaysi asaridan 
olinganligi; agar matn dialog shaklida bo„lsa, suhbat kimlarning o„rtasida bo„lib 
o„tganligi; monolog tarzidagi matn qaysi qahramon nutqiga tegishli ekanligi
hikoyat kim tomonidan o„zbek tiliga tarjima qilinganligi; keltirilgan parchadan 
so„ng voqealar davomi qanday yakun topganligini qisqacha hikoya qilib berishlari
shuningdek, asarda ilgari surilgan g„oyani izohlashlari va xulosalarini bayon 
etishlari zarur bo„ladi. 
Masalan, o„qituvchi tomonidan ifodali o„qilgan “Ko„karmasdan burun meva 
bergan daraxt” parchasi DVD diskidan qo„yib eshittiriladi. Attorning “Ilohiynoma” 
dostonidan keltirilgan parchada Sharq xalqlari orasida adolatli hukmdor deb nom 
qozongan No„shiravon va donishmand chol o„rtasidagi muloqot jarayoni aks 
ettiriladi. Asar o„zbek kitobxonlariga shoir Miraziz A‟zam tarjimasida taqdim 
etilgan. 
Kunlarning birida No„shiravoni Odil o„z amaldorlari bilan mamlakati 
sarhadlarini aylangani chiqibdi. Tog„-toshlar, bog„-rog„lar kezib, daryo-ko„llardan 
o„tib, nihoyat bir sahroga yetib kelibdilar. Bu yerda shohning ko„zi quduqdan suv 
tashib, ko„chat o„tqazayotgan mo„ysafidga tushadi. Otidan tushib, u bilan suhbat 
quradi. No„shiravonga cholning daraxtlar hosili kelgusi nasllarga atalganligi 
haqidagi purma‟no javoblari xush yoqadi. 
Unga ishlarida kuch-g„ayratlar tilab, lutf-marhamatlar ko„rsatadi va oltin-
kumushlar in‟om qiladi. Chol esa mehnati besamar ketmaganligi, nihollar 
ekilmasidan oldin o„z nishonasini ko„rsatganligidan mamnun bo„ladi. Asarda yoshi 
anchaga borib qolgan qariyaning cho„lni obod etib, bog„ barpo etishi tasviri orqali 
oliyjanoblik va bunyodkorlik g„oyalari ulug„lanadi. Inson xoh u shoh bo„lsin, xoh 
oddiy fuqaro bu o„tkinchi dunyoda ezgu nom qoldirishi uchun savob ishlar qilishga 
da‟vat etiladi, yaratuvchanlikka ruhlantiriladi. Har qanday ko„rinishda bo„lishidan 
qat‟iy nazar, o„zgalarga yaxshiliklar sog„inishi, ko„ngillarni shod aylash ishqi bilan 
yashashi insoniylik belgisi ekanligi ta‟kidlanadi. 
Shuningdek, unda ajdodlar kelajak avlodlar uchun o„zlaridan ma‟naviy va 
moddiy meros qoldirishga mas‟ulligi haqidagi g„oya ham ilgari suriladi. Hikoyat 


57 
mazmunan o„zbek xalqining “Yaxshidan bog„ qoladi” maqoliga yaqin va 
hamohangdir, degan xulosaga kelish mumkin.
Hikoyat davomi shu tarzda nihoyasiga yetkaziladi va unga 4-5 daqiqa vaqt 
sarflanishi ko„zda tutiladi. 
2. Navbatdagi usul “Kim nimani bilib oldi?” deb nomlanadi. Bunda 
o„quvchilarning mustaqil o„qishlari darsdan tashqari vaqtlarda maxsus 
so„rovnomalar o„tkazish yo„li bilan aniqlanadi. Savol va topshiriqlarda quyidagilar 
aks etadi:
1. Ism-familiyangiz? 
2. Tavsiya etilgan asarlardan qaysilarini o„qidingiz? 
3.O„zingizga manzur bo„lgan hikoyat va hikmatlardan namunalar keltiring. 
4. Qaysi qahramonlarning xatti-harakatlari sizga ma‟qul bo„ldi? 
5. Voqealar bo„lib o„tgan joylardagi tabiat manzaralarini tasvirlang. 
6. Asarning o„zingizga yoqqan lavhalaridan misollar keltiring. 
Sahifa yakuniga “Qiziqsangiz, bir o„qib ko„ring...” jumlalari qayd etilib, har 
bir o„quvchi uchun muayyan asardan alohida tanlab olingan parchalar taqdim 
etiladi. Jumladan:
Ali yo„lda borarkan shasht ila to, 
Chumoliga ziyon etkazdi nogoh. 
Chumoli qo„l-oyoq silkirdi nolon, 
Ali ko„rdi va bo„ldi ko„ngli vayron...

Bir beozor jonzotga behosdan aziyat yetkazib qo„ygan hikoyat 
qahramonining ko„nglidan nimalar kechganligini bilish istagidagi o„quvchi, 
albatta, kitob varaqlashga kirishishi, shubhasiz.
Izlanishlari samarasini belgilab beruvchi mashg„ulot ko„rinishidagi 

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling