Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Fakultativ
mashg„ulotlar – sinfdan tashqari ishlar tizimida rag„batlantiruvchi shakllardan hisoblanadi. Bu turdagi mashg„ulotlar adabiy ta‟lim mazmunini to„ldirib, boyitadi hamda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalaydi. Shuningdek, adabiy jarayon, adiblar ijodining o„ziga xosliklari, nazariy tushunchalar, adabiy-badiiy hodisalar yuzasidan bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Asarlari o„rganilmagan yozuvchi ijodiga o„quvchilarni qiziqtirishda fakultativ mashg„ulotlarning o„zigina yetarli emas. Binobarin, bu borada bir qator samarali ta‟sir kuchiga ega bo„lgan pedagogik vositalardan ham foydalanish lozim. Ma‟lumki, so„nggi paytlarda boshqa sohalar kabi ta‟lim tizimida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo„llash keng ommalashmoqda. Fikrimizga misol tariqasida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 250- maktabning ona tili va adabiyot o„qituvchisi B.Toshtemirovaning ijodkorlar T.Adashboyev, U.Abduazimovalar bilan telemuloqot o„rnatishda “Veb kamera” 89 usulidan foydalangani 1 yoki Respublika bolalar kutubxonasida taniqli adib X.To„xtaboyev bilan Forum. kitob. uz. saytida yosh kitobxonlar bilan uyushtirilgan On-line muloqotni keltirish mumkin 2 . “Veb kamera” – o„quvchilarni badiiy asarlar mutolaasiga qiziqish uyg„otishning ta‟sirchan vositalaridan bo„lib, taniqli ijodkorlar bilan masofadan turib video muloqot o„rnatish usulidir. Uning qulayligi va afzalligi shundaki, bunda o„quvchilar o„zlari sevgan shoir yoki yozuvchilar bilan Internet tarmog„ida jonli muloqot o„rnatishga muvaffaq bo„ladilar. Buning uchun Skype, Mail.ru Agent, Google Talk, ICQ kabi maxsus dasturlar bo„lishi talab etiladi. Sinfdan tashqari mashg„ulotlarga mazkur usulni tatbiq etish kompyuter, multimediya vositalari bilan bir qatorda Internetga tezkor ulanish qurilmasi USB modem va veb kamera kabi qo„shimcha uskunalardan ham foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Taniqli adiblar bilan noan‟anaviy shaklda uchrashuvlar tashkil etish uchun foydalanuvchilar global tarmoqqa ulangan hamda ularning kompyuterida veb- kamera qurilmasi o„rnatilgan bo„lishi shart. Muloqot chog„ida tomonlar ekranda bir-birlarining harakatli tasvirlarini ko„rib, ovozlarini eshitish imkoniga ega bo„ladilar. Videoaloqa komryuter vositasiga ulangan “Veb kamera” deb ataluvchi maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Video muloqot o„tkazilishi rejalashtirilgan xonaga ikkita kompyuter o„rnatish zarur bo„lib, ulardan biri USB oraqali Internetga ulanish, ikkinchisi esa multimediya vositalaridan foydalanish uchun tayyorlab qo„yiladi. Yuqori qismida veb kamera uskunasi mavjud monitor o„quvchilar ko„rib turishi uchun qulay joyga qo„yiladi. Uchrashuv kuni, vaqti ijodkor bilan o„qituvchining ma‟lum shaklda (elektron pochta, uyali telefon aloqasi yoki individual tarzda)gi suhbatidan so„ng aniqlanadi va ma‟lum tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Zamonaviy texnik vositalar yordamida uyushtiriladigan video muloqot jarayoni uchun dastlab maqsad va vazifalar belgilanib, so„ngra uni amalga oshirishning texnologik xaritasi, kutiladigan natijalar va istiqboldagi rejalar loyihalashtiriladi. O„quvchilarga mustaqil o„qish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. Albatta, mashg„ulotni qanday shaklda tashkil etish o„qituvchining bilim saviyasi, ijodiy salohiyati, ilg„or pedagogik va AKT vositalarini o„zlashtirilganlik darajasiga bog„liq. Quyida Internet tarmog„ida amalga oshirilishi rejalshtirilgan jonli efirning mazmuni haqida so„z yuritiladi: Mashg„ulotning borishi: I Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling