Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy kechalar
IV. Yakuniy qism. Tilaklar, taassurotlardan so„ng tomonlarning bir-
birlariga minnatdorchiligi izhor etiladi, mavzuga xulosa qilinib, mashg„ulotga yakun yasaladi. O„ylaymizki, masofadan turib ijod ahli bilan muloqot o„rnatish nafaqat manzillarni, balki qalblarni ham o„zaro yaqinlashtiradi, nazariy bilimlarini mustahkamlab, amalda qo„lay olishga o„rgatadi, fanga bo„lgan qiziqishlarini oshiradi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Adabiy kechalar sinfdan tashqari ishlar tizimida alohida o„rin tutuvchi va o„quvchilar tarbiyasiga amaliy ta‟sir o„tkazuvchi vositalardan hisoblanadi. Ularga tayyorgarlik jarayonida o„quvchilar yozuvchilar haqida qiziqarli ma‟lumotlar oladi, mavzuga aloqador asarlarni o„qiydi, o„z dunyoqarashlarini kengaytiradi. Kechaga tayyorlarlik chog„ida: 1) o„qituvchilar, o„quvchilar, kutubxonachilar, to„garak rahbaridan iborat tashkiliy qo„mita tuziladi; 2) reja va dastur ishlab chiqiladi; 3) kecha o„tkazilishi haqida e‟lon yoziladi; 4) o„qish uchun tavsiya etiladigan asarlar ro„yxati tayyorlanadi. Dasturni tayyorlashda quyidagilarga e‟tibor beriladi: Kechani olib boruvchilar, so„zga chiquvchilarni aniqlash; ma‟ruzachilarni tayinlash; xor, qo„shiqchi, jamoa o„qishi ishtirokchilarini belgilash; viktorina, o„yin va sovrinlar tayyorlash; zalni bezovchi, chiroq va ovoz mutaxassislarini tayinlash. Ma‟ruza – adabiy kecha asosi, lekin uni o„qish emas, balki jonli tarzda hikoya qilish zarur. Albatta, hikoyaga qisqacha inssenirovka, qo„shiq, she‟r, 91 musiqali asarlar, yozuvchi yoki shoirning so„zlari ilova qilinsa, maqsadga muvofiq bo„ladi. Bo„limlar orasidagi tanaffusda adabiy o„yinlar, rebus, viktorinalar o„tkazish mumkin. Adabiy kechalarni nafaqat yozuvchi, shoirlar ijodiga, balki bayramlar yoki mavsumiy marosimlarga ham bag„ishlab o„tkazish mumkin. O„quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, ajdodlari boy ma‟naviy merosidan g„ururlanish tuyg„ularini kamol toptirishda Navro„z ayyomiga bag„ishlab o„tkaziladigan tadbirlar alohida o„rin tutadi. Quyida maktab drama to„garagining tabiat bag„rida o„tkazishga mo„ljallangan teatrlashtirilgan adabiy kecha ssenariysi tavsiya etiladi. Qadriyat – bamisoli millatning o„z qiyofasini aks ettiruvchi ko„zgu. Shu bois biror xalq to„g„risida muayyan tasavvurga ega bo„lish uchun o„sha elatning an‟ana va udumlariga nazar tashlash kifoya. Xalqimizning azaliy bayram va an‟analari kishilarning o„zaro munosabatlaridagi olijanob fazilatlarni, umuminsoniy qadriyatlarni o„zida mujassam etadi. Ana shunday barhayot bayramlardan biri Navro„zdir. Zero, Yurtboshimiz Islom Karimov ta‟kidlaganidek, “Navro„z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko„p ming yillik milliy qiyofamiz, oliyjanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo„lib kelmoqda” 1 . Maktab bog„i oldindan bayram o„tkazishga moslab bezatiladi. Kecha ijodkorlari bahoriy kiyinadilar. Dastur namoyishi uchun kompyuter, multimediya vositalari, DVD, tanlangan kuy-qo„shiqlar, filmlar yozilgan disklar, musiqa asboblari va boshqa zarur anjomlar shay qilib qo„yiladi. Sahnaning qulay joyiga o„rnatilgan monitorda boshlovchi nutqiga uyg„unlikda tayyorlangan slaydlar, videoroliklar kema-ket berib boriladi. Tantana debochasi karnay-surnay, nog„oralarning sho„x sadolari jo„rligida boshlanadi. Bog„ to„rida sahna vazifasini o„tovchi maydondagi parda ochilib, ko„klam shukuhi ufurib turgan dekoratsiya paydo bo„ladi. Sahnaning ikki tomonidan yog„och ot minib chiqib kelgan Jarchilarning barchani Navro„z shodiyonasiga chorlovidan so„ng ularning o„rnini boshlovchi yigit va qiz egallashadi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling