Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlovchi yigit
- Boshlovchi qiz
Boshlovchi yigit:
Salqin saharlarda, bodom gulida Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor 2 . Boshlovchi qiz: Ha, tarovatli diyorimizda dehqon bahori – mehnat bahori kezmoqda. Marhabo, yashillik va yaxshilik fasli! Davraga chuchmomolar, qizg„aldoqlardan sochlariga chambarak taqib, egnidagi yashil liboslari etaklarini mayin shabbodalar o„ynoqlab tortiqilayotgan Ko„klamoy kirib keladi. Olamni bulbulning yoqimli xonishlari tutib ketadi. 1 Каrimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Т.: Ма‟naviyat, 2008. – 35-bet. 2 XX asr o„zbek she‟riyati antologiyasi. –T.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. – 62-бет. 92 Bir guruh qizlar zamin qa‟ridan asta bosh ko„tarib, bahoriy nasimlarda yengilgina tebranayotgan o„t-o„lanlar, haroratli bobo quyosh taftidan g„unchalari yaproq yozayotgan chechaklar, ko„kda charx urib parvoz qilayotgan qaldirg„ochlar, chamanzor oralab guldan-gulga qo„nayotgan kapalaklar harakatlarini ifodalab Furqat g„azali bilan kuylangan “Fasli navbahor o„ldi...” qo„shig„iga raqs tushadilar. Boshlovchi yigit: Assalom, Ko„klamoy! Sening tashrifing ko„ngillarni munavvar ayladi. O„lkamizga xush kelibsan ! Ko„klamoy: Tashakkur, men yurtingizga yolg„iz o„zim emas, har yilgidek sadoqatli hamrohlarim Navro„zoy, Dehqon bobo, Bog„bon bobo, Cho„pon bobolar bilan birga qadam ranjida qildim. Marhamat, ularni kutib olaylik. Ramziy mehmonlarni yoshi ulug„ qariyalar, Baxshi bobo, polvonlar, dorbozlar, masxarabozlar qiyofasidagi shodiyona mezbonlari qarshi olishadi va hammalari davra to„ridan joy egallashadi. Baxshi bobo navbat olib, do„mbirasini chertib qo„shiq boshlaydi: Azal-azal Navro„zjon, Bayramlarnng zo„rida, Nuroniy chol, kampirlar, Turar davra to„rida, Keling Navro„z sayliga, Siz ham keling mayliga. 1 Oppoq ko„ylagiga binafshalar qadalgan, sochpopuklari tolbargakdan Navro„zoy Jumaniyoz Jabborovning “Navro„z kelibon” she‟ri bilan aytilgan qo„shiqqa sahnalashtirilgan raqsni ijro etadi. Boshlovchi qiz: Navro„z! Bu so„z dillarga olam-olam quvonch baxsh etadi. Uning zamirida ajib nafosat, tuganmas zavq-shavq, zebolik, dilrabolik va muattarlik bor. Navro„z uyg„onish, mehnat, mehr-oqibat va muhabbat bayramidir. Bu fikrni qo„llari mehnatda qavargan bobo dehqon ham, suruvi ortidan yaylovlar osha tog„-toshlar kezgan cho„pon bobo ham, ishq sururidan sarxush oshiq ham tasdiqlaydi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling