94
Yeru jahon ko„l bo„lsin.
Maysalar quloq yozsin,
Sutu qatiq mo„l bo„lsin. (52-bet)
Qo„shiq ijrosi davomida qo„g„irchoqning ustidan suv quyib turiladi.
Sahna
ortidan momoqaldiroqning ovozi eshittirilib, sun‟iy yomg„ir yog„diriladi va “Sust
xotin” olib chiqib ketiladi.
Baxshi bobo yonib-yonib qo„shiq aytdi:
Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o„tmaydi,
Yalpiz somsa yopmasdan,
Aziz mehmon kutmaydi,
Keling Navro„z sayliga,
Siz ham keling mayliga. (93-bet)
Ko„klamoy va Navro„zoylar chiroyli idishlarda undirilgan bug„doy
maysalarini olib kirishib, atrofidagilarga ulashishadi.
1-o„quvchi: Sumalak maysasi Navro„zning asosiy timsoli hisoblangan.
Sumalak uchun o„stirilgan bug„doy maysasining ma‟lum qismi maxsus “ko„k
boylash” uchun ajratilgan. “Ko„k boylash” deb,
sumalak qiluvchi ayollar
tomonidan
mehmonlarga, yosh-yalanglarga bug„doy
maysasidan oz-ozdan tortiq
qilishga aytilgan.
Ko„k
boylangan kishi, buning evaziga imkoniyati
darajasida sumalak
tayyorlaganlarga ul-bul tortiq qilgan
1
.
Parda yopiladi va yana ochiladi.
Kayvoni momo boshchiligida yosh bolalar
terib kelgan toshchalarni
doshqozonga solib, sumalakni qo„zg„ashda davom
etayotgan ayollar xatti-
harakatlari sahna ko„rinishlari orqali namoyish etiladi.
Kayvoni momo: Kelinglar, Navro„z udumlari, sumalak haqidagi rivoyat va
hikmatlardan aytamiz.
Momoning o„zi “Sumalak – o„ttiz malak” afsonasi
bilan gurungni boshlab
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: