Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-o„quvchi
- Baxshi bobo
Boshlovchi yigit: Navro„z – yangi kun demakdir. Keksalarning
aytishlaricha, Navro„z kiradigan kecha “Qozon to„ldi” deb atalgan. “Qozon to„ldi” – sof oilaviy udum bo„lib, har bir oila o„z imkoniyatiga qarab tansiq taomlar (ko„pincha, palov), ko„kat somsalar, bo„g„irsoqlar tayyorlaydi. Shuningdek, bobo Dehqon haqiga “is” chiqaradilar. “Qozon to„ldi”ning ertasi kuni “is” yog„i bilan qo„shga qo„shiladigan ho„kizlarning shoxlarini moylashgan. “Qozon to„ldi” oqshomida tayyorlangan taomlar va pishiriqlar qo„ni-qo„shnilarga ulashilgan. Shu oqshomda kechasi bilan ko„pchilik bo„lib sumalak va halim pishirilgan. Bu taomlar qozoni ertasiga ochilgan. (10-bet) 1-o„quvchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan, 1 Navro„z . Тuzuvchilar: Т.Мirzayev, М.Jo„rayev. – Т.: Fan, 1992. – 93-bet. Кеyingi ko„chirmalar ham shu nashrdan olingani uchun sahifasi qavs ichida ko„rsatiladi. 93 Hamma bir-biriga jigar so„z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz ekan, Boychechak chiqibdi bugun Navro„z ekan. Ko„klamoy: Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy bobo. Yangi yilingiz muborak bo„lsin, oy momo. Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy ona. Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan. Navro„zoy: Hoy, bog„bon bobo, niholga bersin baraka. Hoy, dehqon bobo, dalangga bersin baraka. Hoy, cho„pon bobo, qo„rangga bersin baraka. Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan. (47-bet) Qo„llariga savatchalar ko„tarib olgan o„g„il-qizlar davraga chiqishib, mehmonlarga boychechaklar hadya qilishadi. Gullarni hidlab, ko„zlariga to„tiyo qilgan yoshi ulug„ onaxon deydi: Omonliq, hey omonliq, Yetdik Navro„zga. Unutilsin yomonliq Qut ber, rizq-ro„zga. (42-43-betlar) Keksa kishilar timsolidagi o„quvchilar kelasi yilni sog„-salomat qarshi olishni niyat qilishib, bolalarga shirinliklar tortiq qilishadi. Yakkaxon va xor ijrosida “Boychechak” qo„shig„i yangraydi. Baxshi bobo jo„shib-jo„shib kuylaydi: Navro„z nishonasi bu, Bobo dehqon ish boshlar, Ezgu niyat bilan u Yeriga urug„ tashlar, Keling Navro„z sayliga, Siz ham keling mayliga. (93-bet) Bir o„g„il bola sahnaning o„rtasiga toshbaqani teskari tomoniga ag„darib qo„yib, chiqib ketayotganida boshlovchi yigit uni to„xtatib, bu xatti-harakatining boisini so„raydi. Bola: Ma‟lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug„ullanib, hayot kechirishgan. Bu udum mo„l-ko„l hosil, qut-baraka manbai bo„lgan yomg„ir yog„ishga qaratilgandir. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling