Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


Download 43.28 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi43.28 Kb.
#1433602
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning


MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Reja:
1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. Mustaqillik to‘g‘risida Referendum.
2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar
3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.



  1. O‘ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI. MUSTAQILLIK TO‘G‘RISIDA REFERENDUM.

XX asrning so‘nggi yillariga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.
I.Karimov xalq hohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 28-oktabrda Respublika Oliy Kengashida O‘zbekistonning davlat tili haqida qonuni qabul qilindi. Respublikadagi barcha rasmiy xujjatlar o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi1.
1990-yillarning boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M. Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, ta’sirini o‘tkazish maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruhi tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov xaqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va favqulodda jur’at bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy xaqiqat, inson haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Xaqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi.
1991-yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. Shu vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi2.
Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti, daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo‘li sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur edi3.
Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da’vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident I.Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19-avgust kuni Toshket shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi.
1991-yil 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston SSR Prezidenti xo‘zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi.
Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi.
1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidaqaror qabul qildi4, bu bo‘yicha tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo‘lgan bu xujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:

Download 43.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling