Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi
Download 22.25 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
4. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari yaratilishi. 8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi. Iqtisodiy qo‘mita, Parlamentlararo assambleya va boshqalardan iborat, Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo‘mitasi MDH ning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. O‘zbekiston MDH da davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Yagona iqtisodiy hudud (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (1999), Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT, 2002)ni tuzish tashabbuslari ma’qullandi. 2000 yil 10 oktyabrda Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlarining rahbarlari tomonidan ostona shahrida imzolangan shartnoma asosida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati tuzildi. 2005 yilning oktyabrida O‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashida Evrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (EvrAzES)ga a’zo bo‘lish maqsadini bildirdi. 2006 yil 25-yanvarda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan EvrAzES sammitida O‘zbekistonning 13 Hamjamiyatga a’zo bo‘lishi hamda MOHTning EvrAzES bilan birlashishiga doir qarorlar qabul qilindi. Mazkur tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning yuqori darajasini ta’minlagan holda o‘zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtiradigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil etish kabilardan iborat edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga chinakam xalq integratsiyasi sifatida qaraladi.
Xulosa: Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borilishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifati keskin oshadi; - Senat asosan mahalliy kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutonosibligiga erishiladi; - aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lami yanada kengayadi; 10 - mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipi o‘zining hayotiy ifodasini topadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.aim uz 2.arxiv uz 3.ziyo net Download 22.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling