Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
Ma’ruza rejasi:
Kirish
1. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Davlat suverenitetini mustahkamlash, davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning huquqiy asosi. 3. Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirilishi, ikki palatali parlament joriy etilishi.
4. O`zbekistonning MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o`zaro aloqasining dastlabki ququqiy asoslari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Davlat suverenitetini mustahkamlash, davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi. 1990-yil boshlarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Markazning respublikalar siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayotini nazorat qilishi va boshqarishi yanada qiyinlashdi. Bu davrda Sharqiy Evropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar boshqaruv tizimi inqirozga uchrab, xalqlar o‘rtasida demokratik boshqaruvga intilish kuchaydi. SSSR tarkibidagi xalqlar ham endilikda eskicha buyruqbozlik tizimiga bo‘ysunib yashashga qarshi bo‘ldilar. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqirozni bartaraf etish chora-tadbirlarini topishga ojizlik qildilar. Natijada, ishlab chiqarish jarayonlari izdan chiqib, jamiyatni boshqarish tartibi va mehnat intizomi buzildi. Hayotning o‘zi endi respublikalar suvereniteti va inson huquqlari poymol qilingan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi umrini yashab bo‘lganligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda milliy, huquqiy va demokratik davlatga zamin yaratilgan muhim qadam O‘zSSR Oliy Sovetining12-chaqiriq birinchi sessiyasida (1990 yil 24-mart) ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvini ta’sis etish to‘g‘risida qarori bo‘ldi. Deputatlar 2 I.Karimovni O‘zSSRning Birinchi Prezidenti qilib sayladilar. 1990 yili 20-iyunda O‘zSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida “Mustaqillik deklaratsiyasi” qabul qilindi. Bu deklaratsiya O‘zbekistonning mustaqillik uchun tashlagan muhim va zurur qadami bo‘ldi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat maqsadi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”,- deb yozib qo‘yildi. Mazkur hujjat O‘zSSR qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |