Mamlakatda ta’limni islox qilish masalasi ko’pdan buyon muxokama qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmo^a. ^ozir universytetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga 15adar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat ^ilishni xisobga olsak, talabalar xaqiqiy mexnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
SHuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda xar qaysi
maktab tipi uchun maxsus tayyorlangan o’qituvchilar bor. Ularning xammasi oliy maktabni tugatgan bo’lishlari shart. Boshlang’ich va asosiy maktabning bo’lajak ^ituvchilari olti semestr o’qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va xunar —texnika bilim yurtlarining o’qituvchilari ancha uzoq muddat o’kishlari kerak. Uqish tamomlangandan keyin o’qituvchilikka nomzodlarning xammasi imtixon topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o’tkazadilar va ikkinchi imtixon topshiradilar. uqituvchi lavozimiga ega bo’lgandan keyin, qoidaga ko’ra umrbod lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi xolatga e’tibor qarataylik. Bo’lajak o’qituvchilar 3 yil o’qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik pedagogik amaliyotdan o’tadilar, xaftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. SHundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo’lg’usi o’qituvchilardan imtixon oladi va ularning kelgusi ishlarini baxolab, tegishli tavsiyalar beradilar. Bu jarayonning yana o’ziga xos tomoni shundaki, imtixon va tavsiyalardan keyin bo’lgusi o’qituvchi bir yilga sinov muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffakiyatli o’tgandagina unga o’qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo’iilgan talablarni bajara olmasa maktabga qo’yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan o’tkazish va litsenziya berish keng rasm bo’lganligini e’tiborga olsak, o’qituvchi doim o’z malakasini oshirib borishga majbur bo’ladi, aks xolda u o’qituvchilik lavozimidan maxrum bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |