Mustaqil oʻzbekistonda millatlar aro totublikni taminlash


Download 220.73 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi220.73 Kb.
#1180883
Bog'liq
Презентация 30 mavzu

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teknika universiteti Qo’qon filiali


13/22-gurux 1-kurs sirtqi ta’lim talabasi Karimov Asadbekning kimyo fanidan tayyorlagam mustaqil ishi
Mavzu: Mustaqil oʻzbekistonda millatlar aro totublikni taminlash
  • Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy-ma’naviy qadriyatlar – “milliylik” “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o’z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin.

Barcha zamon va makonlarda turli din va millatlarga mansub aholi orasida mustahkam oʻzaro totuvlikning mavjudligi barqaror rivojlanish omili va kafolatlaridan biri boʻlib kelgan. Bu esa oʻz navbatida jamiyatda hayotiy muhim boʻlgan huquqlarning, xususan diniy erkinliklarning taʼminlanganligiga va milliy oʻziga xos madaniyatlarning himoyalanganligiga asoslangan.

  • Barcha zamon va makonlarda turli din va millatlarga mansub aholi orasida mustahkam oʻzaro totuvlikning mavjudligi barqaror rivojlanish omili va kafolatlaridan biri boʻlib kelgan. Bu esa oʻz navbatida jamiyatda hayotiy muhim boʻlgan huquqlarning, xususan diniy erkinliklarning taʼminlanganligiga va milliy oʻziga xos madaniyatlarning himoyalanganligiga asoslangan.
  • Bugungi Oʻzbekiston uchun ushbu yoʻnalishda mustahkam davlat siyosatini olib borish azaliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Oliy Majlis va xalqiga Murojaatnomasida bu borada ilgari surilgan tashabbuslar ham, yaʼni diniy erkinlik masalalari boʻyicha mintaqaviy konferensiya oʻtkazish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi asosida har yili 30-iyul sanasini Xalqaro doʻstlik kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari aynan shunday dunyoqarashning mamlakatimizda yuqori davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini yana bir bor tasdiqlaydi.
  • Oʻzbekistonda millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda diniy erkinliklarni taʼminlash borasida chuqur oʻylangan siyosat asosida amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar jamiyatimizda, mamlakatimiz fuqarolari orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan.
  • Xususan, Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish doirasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasi oʻlaroq mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni yana-da rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirildi hamda fuqarolarning diniy erkinliklarini kengaytirishning huquqiy va tashkiliy asoslari mustahkamlanmoqda.
  • Soʻnggi uch yil davomida millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qatʼiy nazar huquq va erkinliklarini kengaytirish, jumladan, ularning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
  • Islohotlarning uzviy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) loyihasining birinchi oʻqishda qabul qilinganligini koʻrsatish joiz. Bu borada huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurati 1998-yilda qabul qilingan amaldagi Qonunni mamlakatimizda soʻnggi yillarda kechayotgan islohotlarga hamohang ravishda oʻzgartirish hamda fuqarolarning vijdon erkinliklarini mustahkamlash bilan bogʻliq huquqlarini taʼminlashdan iborat.
  • Yaʼni, yangi tahrirdagi Qonun loyihasini qabul qilishning asosiy maqsadi vijdon erkinligi kafolatlarini yana-da kuchaytirish, har bir inson uchun xohlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼminlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, davlatning din ishlari boʻyicha siyosatini takomillashtirishdan iborat. Xususan, yangi tahrirdagi Qonun loyihasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga asosan aholimiz orasida ancha yillardan buyon muhokama qilib kelinayotgan muammoli masalalardan biri – “fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari”ga yoʻl qoʻyilmaslik haqidagi cheklov olib tashlanmoqda.
  • Alohida taʼkidlash lozimki, xalqaro hamjamiyat ham mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi muhim xalqaro qadam sifatida eʼtirof etildi. Mazkur hujjat barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir.
  • Shuningdek, 2020-yilda, butun dunyoni qamrab olgan ogʻir epidemiologik sharoitga qaramay, mamlakatimizda anʼanaviy va onlayn shaklda tashkil etilgan hamda diniy bagʻrikenglik, millatlararo munosabatlar mavzulariga bagʻishlangan 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalarda ham mamlakatimizda shu sohada olib borilayotgan siyosat xorijiy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Bunday anjumanlarning tashkil etilishi Oʻzbekistonda mazkur sohada katta tajriba toʻplanganini koʻrsatadi.
  • O'zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.
  • Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.
  • Prezidentimiz har gal, “Mening ham armonlarim bor. Menga bugun Erkin aka, Abdulla akalarning ovozlari yetishmayapti”, deya anjuman ahliga savol nazari bilan qararkan, rosti gap, “Qani shoirlaring, qani yozuvchilaring, qani yangi bugungi davru zamonning haqiqiy asarlari?!” deya soʻrayotganday, har gal tilim kalimaga kelmay, oʻzimni yoʻqotib qoʻyganday boʻlaman...
  • Xalqimizning yaqin doʻsti va sevimli adibi Chingiz Aytmatov bir asarida Amir Temur hazratlari bilan Xoʻja Hofiz Sheroziy oʻrtasida kechgan “qora xol” haqidagi mashhur rivoyatni misol keltirib, Sohibqiron bobomiz tilidan tarixiy bir xulosani alohida mehr va mamnuniyat bilan aytib oʻtadi:
  • “...Bir oz sukut saqlagach, Amir Temur mulozimlariga nazar tashlaydi-da: — Oʻz shoirini izlab-istab yurgan olampanohning qoʻl ostidagi xalqi baxtli boʻladi. Biroq oʻz hukmdorini izlab-yoʻqlab yurgan shoirning xalqi baxtsizdir. Mening bu soʻzlarim hamma vaqt yodingizda boʻlsin! — deydi”.
  • Biz alloma ustozlarimiz bir umr orzu va armon qilgan shu zamonlarda yashayotirmiz. Ular orzu qilgan zamon va kelajak esa, mana koʻz oldimizda turibdi. Zamonning koʻziga tik qarab yashaylik, aziz zamondoshlar! Zero, zamonning koʻzlariga tik qaramoq — kelajakning koʻziga, bolamizning koʻziga tik qarab yashamoqni bildiradi. Bolamizning koʻzlari — kelajakning koʻzlari ekanini unutmaylik!
  • Kahkashon sayrida hur quyosh bilan,
  • Kezarsan to abad shodumon, xurram.
  • Labda tabassumu koʻzda yosh bilan,
  • Senga talpinaman, buyuk nabiram.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 220.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling