O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
- ”Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni qilindi. Farmonga asosan 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻi tashkil etiladi.
- Prezidentimizning tashabbuslari bilan iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni qo’llab –quvvatlash uchun ijod maktablari tashkil etildi va ularga shart-sharoitlar, o’qish,ijod qilish uchun imkoniyatlar yaratildi.Bunday ijod maktablari respublikamizning qator viloyatlarida o’z faoliyatini olib bormoqda.
- Ta’lim tizimidagi innavatsion va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Al-Xorazmiy,Mirzo Ulugbek, Ibn Sino nomlari bilan ataladigan aniq va tabiiy fanlarga chuqur o’qitiladigan maxsus maktab-internatlar tashkil etildi. Shu bilan birga Toshkent shahar va respublikamizning qator viloyatlarida Prezident maktablari ham o’z faoliyatlarini olib bormoqda.
Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar: - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Bu qaror bilan birga 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi ham qabul qilindi Qarorda har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish,o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar,ta’lim dasturlari va o’quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish belgilangan. OTM larning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalariga ham katta e’tibor qaratish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |