Mustaqil o’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi. Hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va unung jamiuatda tutgan o’rni


Download 24.06 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi24.06 Kb.
#1554454
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu slaydi (2)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
  • ”Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni qilindi. Farmonga asosan 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻi tashkil etiladi.

Iqtidorli bolalar maktablari

  • Prezidentimizning tashabbuslari bilan iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni qo’llab –quvvatlash uchun ijod maktablari tashkil etildi va ularga shart-sharoitlar, o’qish,ijod qilish uchun imkoniyatlar yaratildi.Bunday ijod maktablari respublikamizning qator viloyatlarida o’z faoliyatini olib bormoqda.
  • Ta’lim tizimidagi innavatsion va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Al-Xorazmiy,Mirzo Ulugbek, Ibn Sino nomlari bilan ataladigan aniq va tabiiy fanlarga chuqur o’qitiladigan maxsus maktab-internatlar tashkil etildi. Shu bilan birga Toshkent shahar va respublikamizning qator viloyatlarida Prezident maktablari ham o’z faoliyatlarini olib bormoqda.

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi. Bu qaror bilan birga 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi ham qabul qilindi Qarorda har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish,o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar,ta’lim dasturlari va o’quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o’qituvchilari va olimlarini jalb etish belgilangan. OTM larning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalariga ham katta e’tibor qaratish nazarda tutilgan.

Download 24.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling