- Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sхemasi bo’yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial хususiyati avvalo shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida iхtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaхassislik bo’yicha kasb-hunarlarni ham egallash nazarda tutildi.
- MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va joriy etildi.
- Birinchi Prеzidеntimiz “Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg’or namunalari aks etishi kerak” degan g oyasidan kelib chiqib darsliklarning yangi avlodi yaratildi.Darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratish bo’yicha sog’lom ijodiy muhit yaratildi.
ISLOHOTLAR - Mustaqillik yillarida ta’lim jarayonini yangicha talablar asosida tashkil qilish, takomillashtirish bo’yicha olib borilgan jiddiy izlanishlar natijasida avvallari faqat aholining umumiy savodxonligini ta’minlash bilan cheklangan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi.
- 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
TA’LIM TIZIMI - O’zbekistonda maktab ta’limi 7 ta tilda: o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg’iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.
- Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi.
- Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni ortdi. Bugungi kunda 90 tadan oshiq universitet va institutlar va ularda 350 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
- Kadrlar yetishmovchiligini hisobga olgan holda sirtqi,kechki, maxsus sitqi ta’lim shakllari ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |