Mustaqil o’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi. Hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va unung jamiuatda tutgan o’rni


Download 24.06 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi24.06 Kb.
#1554454
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu slaydi (2)

Tayanch tushunchalar:

  • Istiqlol, islohot, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, kollej, litsey modernizatsiya , ta’lim sohasi, ta’lim tizimi, Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, ma’naviyat, ma’rifat,
  • Prezident maktabi,ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internat kasb-hunar maktabi, ijod maktabi, Professional maktab, Harakatlar Strategiyasi.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar:

  • O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan (1991 yil 31 avgust) ilk kunlaridan boshlab zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o’z ona yurtiga mehr va sadoqatli kadrlarni tayyorlash masalasiga juda katta e’tibor qaratdi. Bu harakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida Mustaqil O’zbekistonning ilk “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta’lim tizimi, uning asosiy yo’nalishlari,maqsad, vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati o’z ifodasini topgan edi. Shunga qaramasdan 1997 yanvar oyiga kelib, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun tahlil etilganida qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi va maxsus komissiya tuzildi. 1997 yil iyul oyida “Ta’lim to’g’risida” qonunning yangi tahriri hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqilib, har ikki meyyoriy hujjat o’rganib chiqish uchun umumxalq e’tiboriga havola etildi va 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida qabul qilindi.

Islohotlar:

  • Nima uchun “Ta’lim to’g’risi”dagi qonunga o’zgartirishlar kiritildi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi? Bunga zaruriyat bormidi? Mustaqillikdan keyin qabul qilingan ilk “Ta’lim to’g’risi”dagi qonunga muvofiq yangi o’quv rejalari, dasturlar, darslik va qo’llanmalar yaratildi.Ta’lim muassasalarini attestasiyalardan o’tkazish va akreditatsiyalash ishlari amalga oshirildi.Mehnat bozorini hisobga olib hunar-texnika ta’limi qayta tashkil etildi, kasb-hunar maktablari va biznes maktablari faoliyat yuritdi.1996-1997 yildan boshlab 1-sinflarda o’qish lotin yozuviga asoslangan lotin alifbosida olib borildi. Ular uchun yangi alifbodagi darslik va o’quv qo’llanmalarining yaratilganligi-bu ta’lim sohasidagi qo’yilgan dastlabki qadam edi. Oliy o’quv yurtlari qoshida litseylar ochildi. Oliy ta’limga o’qishga kirish test usulida joriy etildi.Viloyatlardagi pedagogika institutlari universtitetlarga aylantirildi, chet el mutaxasislari respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etildi.Shunday bo’lishiga qaramasdan ta’lim tizimida natija ko’zlangandek bo’lmadi. Eski Sho’ro zamonidan me’ros bo’lib qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan xalos bo’lmagani, uzluksiz ta’lim tizimida hal etilishi kerak bo’lgan muammolarning mavjudligi bilindi. Shunig uchun ham ta’lim tizimida islohot kerakligiga zaruriyat paydo bo’ldi.

  • Download 24.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling