Mustaqil so`z turkumlari yuzasidan Qanday otlarga ko`pli qo`shimchasi qo`shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashiladi ?


Download 126.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi126.43 Kb.
#1631557
  1   2   3   4   5   6


Morfologiya bo`yicha test sinovi 
(mustaqil so`z turkumlari yuzasidan) 
 
1.Qanday otlarga ko`pli qo`shimchasi qo`shilganda
kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashiladi ?
a) atoqli otlarga
b) mavhum otlarga
c) donalab sanalmaydigan otlarga
d) odamning juft va toq a’zolari nomiga 
2. Otayotgan tong misol yorug` bo`lsin kelajak, pok
ruhingiz qo`llasin, farzandingiz kutajak. Ushbu gapda fe’l
turkumiga mansub yasama so`zlar nechta ?
a) 5 ta b) 4 ta c) 3ta d) 2 ta
3. Qaysi gap tarkibida uchta olmosh ishtirok etgan?
a) Ayajon, ularga o`zi nima kerak ekan-a?
b) Kattalar orasida aqlli va farosatliroq biror kishini
uchratganimda , unga 1-raqamli rasmimni ko`rsatdim.
c) Ana shundan keyin, olti yashar paytimda rassomlikning
porloq kelajagidan voz kechishga majbur bo`ldim.
d) Lekin sen bu yerda nima qilib yuribsan?
4 . “Astoydil izlasang, bu daraxtni o`sha yerdan ham topa
olasan” gapida nechta sodda ism ishtirok etgan?
a) 1 ta
b) 2 ta
c) 3 ta
d) 4 ta
5. 1) o`z-o`zidan; 2) o`z-o`zicha ; 3) o`z-o`zidadan
O`zlik olmoshidan takrorlash orqali hosil qilingan ushbu
birliklardan qaysilari ravish hisoblanadi?
a) 1,2,3 b) faqat 2 c) 2,3 d) 1,2
6.Qaysi gapda yasovchi asosi orttirma nisbatdagi fe’l
bo`lgan so`z mavjud?
a) Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona
tinglab, Umidning hamma firrlariga qo`shilishini bosh
qimirlatib bildirardi.
b) Onam har gal xokandazni bo`shatganida qop-qora chang
ko`tariladi.
c) Bizning davrimizda “o`chirg`ichli qalam”, 
“o`chirg`ichsiz qalam’’ degan so`zlar yo`q edi.
d) Bir quling o`rgilsin qaynatma sho`rva qilayki, ta’mi 
og’zingizda qolsin.

Download 126.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling