38.
Qutida 5 ta oq, 2 ta qora 3 ta qizil shar bor. Tasodifiy ravishda olinga 3 ta
sharning turli rangda bo„lish ehtimiloni toping.
39.
Qutida 9 ta oq, 12 ta qora shar bor. Tasodifiy ravishda olinga 7 ta sharning
3 tasi qora 4 tasi oq rangda bo„lish ehtimiloni toping.
40.
Qutida 7 ta oq, 12 ta qora 6 ta yashil shar bor. Tasodifiy ravishda olingan
3 ta sharning bir xil rangda bo„lish ehtimiloni toping.
41.
Auditorlik firmasi reklamalarini «Tijoratchi» ro„znomasida e ‟lon qildi.
Firma mutaxasislarining fikriga ko„ra, ro„znoma muxlislarining 60%i
firmaning doimiy mijozlari. Ro„znoma muhlislarini tanlov asosida so„rov
qilish natijasi shuni ko„rsatdiki, ularning 85%i ro„znoma yakunidagi firma
tomonidan joylashtirgan reklamani eslab qoladi. Firmaning doimiy mijozlari
bo„lib, uning reklamasini eslab qoladigan insonlar necha foizni tashkil
etishini baholang.
42.
Ikki mergandan har birining nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda 0,7
va 0,8 ga teng. Ular nishonga qarab bir martadan o „q uzishgan bo„lsa,
nishonga hech bo„lmaganda bir o„q tegish hodisasining ehtimolini toping.
43.
Shoshqol toshi bir marta tashlandi. Agar tushgan raqam toq ekanligi
ma‟lum bo„lsa, bu raqamging tub ekanligi ehtimolini toping.
44.
Har bir tajribada hodisaning ro„y berish ehtimoli bir xil va 0,2 ga teng.
Tajribalar ketma-ket ravishda hodisa ro„y bergunga qadar o„tkaziladi.
To„rtinchi marta tajriba o„tkazishga to„g„ri kelish ehtimolini toping.
45.
Talaba dasturdagi 50 savoldan 40 tasiga to„g„ri javob bera oladi. Uning
imtixonda tushgan 2 savolga to„g„ri javob bera olish ehtimolini toping.
46.
Gulzorda 20 ta qizil , 30 ta binafsha rang va 40 ta oq rangli astra ochilgan.
Agar kech tushgandan so„ng bitta gul uzilgan bo„lsa , uning qizil yoki
binafsha rang bo„lish ehtimolini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |