Mustaqil ta’lim ehtimollar nazariyasi = = 4


Download 355.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi355.03 Kb.
#1743336
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL TA\'LIM EHTIMOLLAR NAZARIYASI

22. 
«DAFTAR» so„zidan tasodifiy ravishda bitta harf tanlandi. Bu «U» harfi 
bo„lish ehtimoli nimaga teng? Bu unli harf bo„lish ehtimoli-chi? 
23. 
3 ta tanga tashlandi. 2 ta tanga «gerb» tomoni bilan tushish ehtimoli 
nechaga teng? 
24. 
Shoshqol toshi bir marta tashlanganda, 4 raqami tushish ehtimoli nechaga 
teng? 4 dan katta raqam tushish ehtimoli nechaga teng? 
25. 
Nishonga otishda tekkazishlar nisbiy chastotasi 0,6 ga teng. Agar mergan 
12 marta nishonga tekkiza olmagan bo„lsa, jami bo„lib necha marta o„q 
otgan? 
26. 
Ikkita shoshqol toshi tashlanganda tushgan raqamlar yig„indisi kamida 9 
ga teng bo„lish ehtimoli nechaga teng?
27. 
A, B, E, T, SH harflari yozilgan 5 ta bir xil qog„ozchalardan ketma-ket 
uchtasi tanlab olindi va olinish tartibida bir qatorga joylashtirildi. Natijada 
«BESH» so„zi hosil bo„lish ehtimoli nechaga teng? 


28. 
Qutida 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Tasodifiy ravishda olingan ikkita 
sharning qora bo„lish ehtimoli nechaga teng? 
29. 
Yosh bola A, A, D, D harflari yozilgan 4 ta bir xil kartonchalarni o„ynab
o„tiribdi. U harflarni bir qatorga tasodifiy ravishda terganida «DADA» so„zi 
hosil bo„lish ehtimolini toping. 
30. 
Telelon raqamlarini terayotgan kishi oxirgi ikki raqamni unutib qo„ydi va 
ularning turlicha va toq ekanligini eslab qolgan holda, tasodifiy ravishda ikki 
raqamni terdi. Terilgan telefon raqamini to„g„ri bo„lish ehtimoli nechaga 
teng? 
31. 
Bo„rondan so„ng 40 chi va 70 chi kilometrlar orasida telefon simi uzilgan. 
Uzilish 50 chi va 55 chi kilometrlar orasida sodir bo„lganligining ehtimolini 
toping. 
32. 
Radiusi 10 ga teng doira ichiga tomoni 7 ga teng kvadrat chizilgan. 
Doiraga tashlangan nuqta kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 
33. 
R radiusli katta doira ichiga r radiusli kichik doira joylashtirilgan. Katta 
doira ichiga tasodifan tashlangan nuqta kichik doiraga ham tushish 
ehtimolini toping. 
34. 
Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 10:00 va 11:00 orasida ma‟lum bir joyda 
uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo„lib kelgani ikkinchisini 10 daqiqa 
davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish 
vaqtlari tasodifiy bo„lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping. 
35. 
Tomonlari 8 va 12 bo„lgan to„g„ri to„rtburchak ichiga tomonlari 3 va 7 
bo„lgan to„g„ri to„rtburchak chizilgan. Katta to„rtburchakka tashlanga nuqta 
kichik to„rtburchakka tushish ehtimolini toping. 
36. 
Xonaning o„lchamlari 6x10x3 metrga teng. Xona ichida 40x120x200 cm 
o„lchamli shkaf bor. Tashqaridan xonaga tasodifiy otilgan o„qning shkafga 
tegish ehtimolini toping. 


37. 
Ikki A va B shaxs kunduzgi soat 12:00 va 13:00 orasida ma‟lum bir joyda 
uchrashishga kelishdilar. Birinchi bo„lib kelgani ikkinchisini 15 daqiqa 
davomida kutadi va agar u kelmasa, ketadi. Agar bu ikki shaxsning kelish 
vaqtlari tasodifiy bo'lsa, u holda ularning uchrashish ehtimolini toping. 

Download 355.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling