Mustaqil ta’lim ishi


To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash


Download 79.62 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi79.62 Kb.
#1164597
1   2   3   4
Bog'liq
marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash

4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar kayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:

  • tartibga solish;

  • masshtablashtirish;

  • umumlashtirish va tahlilqilish.

Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bо‘yicha, ularni taxrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bо‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bо‘yicha amalga oshiriladi.
Taxrirlash deganda ishlash imkoniyati kо‘rin ishga ega bo’lgan ma’lumotlarni kurib chiqish tushuniladi. Kurib chikilgan materiallar ma’lumotlarini jalval kо‘rin ishila kо‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq ulchamlari orqalianiqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi.
Axborotlarni kayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida kо‘prok: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.
Axborotni kayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga quyiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
Xulosa
Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitning yaratilishi sharoitida marketing tadqiqotlariga bo’lgan talabning ortib borishi tabiiy jarayondir. haridor ishtiyoqi, dididagi tovarlarni va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat ko’rashida muhim va xal kiluvchi ahamiyatga molik bo’lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish, hozirgi kunda eng dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida mazkur tadqiqotlarni joriy va strategik jihatdagi vazifalardan biriga aylanishini va bu asosda bozorda raqobatqodir va xaridorgir bo’lgan “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamgali tovarlar tо‘rin i kо‘paytirishni, xorijiy firmalar bilan keng kulamli hamkorlikni ta’minlash lozim.
Marketing tadqiqotlarini xо‘jalik yuritish faoliyatida yetakchi ahamiyatga ega bо‘lishi kо‘p jihatdan marketing bo’limlari (xizmatlari) tizimini rejalashtirish va boshqarishda izchil tadbiq etishka bog‘liqbо‘ladi.
Shu sababdan, marketing tadqiqotlarini uyushtirishda va amalga oshirishda tegishli tashkilot va korxonaning maqsadlari va strategik rivojlanish xususiyatlari albatta belgilovchi omil sifatida namoyon bо‘ladi.
Bozorga kirish, о‘rganish va unda yetakchilik qilish maqsadida amalga oshirilayotgan marketing tadqiqoti bir biridano’z ko’lami, uslublari va ayrim jihatlariga ko’ra keskin farqlanadi. Har bir tashkilot va korxona о‘zining bozordagi о‘rni, kelgusi rivojlanish istagida muayyan marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi.
Hozirgi paytda marketing tadqiqotlari amaliy jihatdan eng dolzarb faoliyat sohalaridan biriga aylanmogi lozim. Mukammal va tezkor amalga oshirilgan tadqiqotlar kuchli bozor raqobati sharoitida, xatolarga yо‘l kuymaslik, favqulodda xolatlarga moslashish imkonini beradi. Bu borada tadbirkorlik doirasida ishlab chiqilayotgan biznes rejalariga marketing tadqiqotlari hisoblari, natijalari aks ettirilishi diqqatga sazovordir. Chunki, bozor bilan bog‘liq barcha faoliyat , dastlabki bozor, xaridor tahliliga , uning istagidagi о‘zgarishlarga tayanadi. Bu asosda esa tegishli tashkilotning kelgusi faoliyat sohasi, doirasi aniq belgilanadi.
Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zaruriy bo’lgan axborot va ma’lumotlar ko’lamini muayyan tartibga solish vazifasini xal qilish bilan mamlakatimizda madaniy tarzdagi bozor tizimi, uning infrastrukturasi barpo etiladi. Ayni vaqtda amalga oshirilayotgan islohotlar bu о‘rin da o’z samarasini bermoqda va bu xozirgi kunda qaror topayotgan marketing axboroti, jamiyat miqyosida samarali bo’lgan ilgor loyihalarni amalga oshirish, korxona va tashkilotlarning eksport salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu sababli, marketing tadqiqotlarini tashkil etish va amalga oshirish xalq xo’jaligi ahamiyatiga molik bo’lgan vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari / I.A.Karimov – T: O‘zbekiston, 2009. – 56 b.
2. Qosimova M.S., Yusupov M.S., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. Darslik. – T.: O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005, 165-b.
3. Yusupov M.A., Abduraxmonova N. Marketing. – T.: Iqtisodiyot, 2007.
4 . Qosimova M.S., Ergashxo‘jaeva Sh.J. Marketing. T.: TDIU, 2004.
Download 79.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling