Kreditlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida hamda xorijiy valyutada ajratiladi.
Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar
Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar 18 oy muddatgacha, ochiq kredit liniyasi ochmasdan hamda ochiq kredit liniyasi ochish (revolver) yo`li bilan beriladi.
Aylanma mablag`ini to`ldirish uchun kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- xom ashyo, material va butlovchi qismlarni xarid qilish uchun;
- xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to`lov;
- tovarlar zahirasini to`ldirish uchun;
- mavsumiy xaridlarni amalga oshirish uchun;
- bojxona to`lovini amalga oshirish uchun v.b.
Investitsiya faoliyati uchun kreditlar
Investitsiyon kreditlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun 7 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.
Investitsiyon kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- asosiy vosita va nomoddiy aktivlar sotib olish uchun – ko`chmas mulk, transport vositasi, uskuna v.b.;
- qurilishni amalga oshirish va kapital ta`mirlash uchun;
- qurilish mollari sotib olish uchun;
- tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq litsenziya olish uchun.
Birinchi marta UZCARD-Mastercard kontaktsiz kobeyjing kartalari bankimizda sotuvga chiqarildi. Uzcard-Mastercard kobeyjing kartalari qulayligi bilan ajralib turadi. O'zbekistonda bunday karta hisobi so’mda, chet elda esa MasterCard xalqaro to'lov tizimining kartasi sifatida ishlaydi. Ushbu mahsulot bir vaqtning o'zida ikkita to'lov tizimining afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi: O'zbekistonda va butun dunyoda xaridlarni to'lash, naqd pulsiz pul o'tkazmalarini olish, mehmonxonalarda xonalarni bron qilish, bankomatlardan pul mablag'larini olish va mobil ilovalar orqali boshqarish. Shuningdek, kobeyj kartalari egalari mamlakat ichida milliy valyutada P2P o'tkazmalarini amalga oshirish va dunyoga mashhur onlayn-do'konlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar: Amazon, AliExpress, Google play, App store va boshqalar.
VISA Classic xalqaro bank kartalari -Butun dunyoning hamma banklarida, bankomatlarida, real va virtual do’konlarida hamda telefon va pochta xizmati orqali mahsulotlarni xarid qilish do’konlarida foydalanish vositasi.
VISA bank kartalarining qo’shimcha xizmatlari haqida to’liq ma’lumotni rasmiy sayt Visa Classic dan olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |