Mustaqil ta'lim mavzulari


Download 26.47 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1389904
  1   2   3   4
Bog'liq
jahon geografiyasi.

Mavzu:Dunyo mamlakatlari tipologiyasi


Jahonda 193 ta mustaqil davlat ,61 ta qaram hudud va 6 nizoli hudud mavjud.[Vahabov A.V va boshqalar. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosobatlar: darslik / 2015. 27-bet].Dunyo mamlakatlari ,bir tomondan ,bir-biridan iqtisodiyitining hajmi , ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, institutsional va madaniy xususiyatlari bilan farq qilsa, ikkinchi tomondan ular muayyan o’xshashliklarga ham ega. Ushbu holat dunyo mamlakatlarini tahliliy va statistik guruhlarga ajratish, jahon iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendesiyalarini o’rganish maqsadida muayyan mezonlar bo’yicha tasniflash imkonini beradi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi komleks va umumlashtiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM/YaMM;

  • Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi;

  • Aholi jon boshiga mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarish (alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi);

  • Aholi turmush darajasi va sifati;

  • Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi.

Standart klassifikatsiyada mamlakatlar uch guruhga ajratiladi: rivojlangan, rivojlanayotgan va o’sish iqtisodiyoti mamalakatlari. Ular jahon iqtisodiyotining tarkibni tashkil etadi va jahon aholisi, yalpi ichki mahsuloti va jahon savodosidagi ulushini tafsiflaydi.
Ushbu tasnif bo’yicha ,rivojlangan mamlakatlarga 29 ta xususiy mulkchilikga va rivojlangan industrial sektorga asoslangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar kiradi. Jumladan , 2002-yilda rivojlangan mamlakatlarda dunyo aholisining 15,4%, ya’ni “oltin milliard “deb ataluvchi 1 mlrd. kishi yashagan va ular hissasiga jahon yalpi mahsulotining 55,7% hamda jahon tovarlar va xizmatlar eksportining 74,8% to’g’ri kelgan.
O’tish iqtisodiyiti mamlakatlari 28 ta davlatni o’z ichiga oladi.Ushbu mamlakatlar rivojlangan industrial bazaga ega va rejali mamuriy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan bog’liq holda iqtisodiy islohotlarni boshidan kechirayotgan mamalakatlardir. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  • Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari(15);

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi(MDH) va Mongoliya (13).

Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi eng ko’p hisoblanadi va ushbu huruhga 125 ta mamlakat kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarni iqtisodiyiti qishloq xo’jalik va qazib chiqarish sanoatiga asoslanganligi birlashtiradi.

Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling