Mustaqil ta'lim mavzulari


Dunyo mintaqalarida demografik o`tish davrining xususuiaytlari


Download 26.47 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1389904
1   2   3   4
Bog'liq
jahon geografiyasi.

2. Dunyo mintaqalarida demografik o`tish davrining xususuiaytlari
Demografik o`tish bu-tug`ilish va o`limning qisqarishining uzoq davri bo`lib, buning natijasida
Aholining ko`payishi avlodlarning oddiy almashinuviga qisqaradi, ya’ni aholi o`sishi to`xtaydi va aholi tabiiy ravishda barqarorlashadi. Bir necha avlodlar davomida sodir bo`lib, jamiyatdagi yuqori o`lim va yuqori tug`ilishning nisbiy muvozonatidan past tug`ilish va past o`limning yangi muvozonatiga o`tish sifatida talqin etiladi. Demografik o`tish jamiyatni uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida modernizatsiya qilish bilan bog`liq bo`lgan bir qancha xususiy uzoq muddatli o`tishlardan iborat. Birinchi bosqichda yuqumli kasalliklar , jarohatlar, ochlik va o`limning boshqa sabablarini nazorat qilish samaradorligini oshirish hisobiga o`rtacha umr ko`rish davomiyligi oshib, jamiyatda tug`ilishning yuqori darajada (“epidemiologik o`tish”) saqlanib qolmoqda. Ikkinchi bosqichda (“ikkinchi demografik o`tish”), - jamiyatning oila , nikoh intitutiga bo`lgan munosobatining o`zgarishi, bolalarni saqlash, tarbiyalash va rivojlantirishga qo`yilgan yangi talablar (oilani rejalashtirish) tufayli tug`ilishning pasayishi kuzatilmoqda. O`rtacha umr ko`rish davomiyligining oshishi va o`limning kamayishi bilan jamiyatning qarishiga, tug`ilish va o`lim darajasi o`rtasidagi keyingi muvozonat holati o`rnatilgunga qadar «silliq depopulyatsiya(aholi kamayishi)»ga olib keladi. Bu jarayon an’anaviy jamiyatdan (yuqori tug`ilish va yuqori o`lim bilan tavsiflanadi ) saoatga, so`ngra postindustrialga(past tug`ilish va past o`lim bilan tavsiflanadi. Dastlab, rivojlangan mamlakatlarning sanoatlashuvi bilan bog`liq) o`tishning bir qismidir, Demografik o`tishning oxirgi, yakuniy bosqichi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat va postindustrial jamiyatlarga xosdir.
Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling