Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama


Lobaratoriya mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1382698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
output (7)

Lobaratoriya mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
9-semestr 
1-mavzu. Video effektlar uchun dasturiy ta’minot va ularning turlari 
bilan ishlash. Video effektlarni sozlash. (2 soat) 
Multimedialarni yaratishda animatsiyalarni o‘rni. Video yozuvlarni yaratish 



va qayta ishlash. Multimedia video darsliklar, elektron o’quv video 
qo’llanmalar yaratishga mo’ljallangan multimediali dasturiy vositalar tahlili
2-mavzu. Taqdimot texnologiyasi asosida multimediali effektlarli 
pedagogik vositalarni yaratish. (2 soat) 
Taqdimot texnologiyasi asosida multimediali effektlarli pedagogik vositalarni 
yaratish. Prezi dasturi yordamida interaktiv taqdimotlarni yaratish. 
3-mavzu. iSpring Suite dasturi yordamida interaktiv pedagogik dasturiy 
vositalar yaratish. (2 soat) 
iSpring Quiz Maker dasturi yordamida test savollarini yaratish. iSpring 
Kinetics dasturi yordamida elektron kitob, glosariy hamda kataloglar yaratish 
4-mavzu. WEB-texnologiyalari asosida elektron o‘quv materiallarni 
yaratish texnologiyasi. iSpring Suite dasturi yordamida interaktiv 
pedagogik dasturiy vositalar yaratish. (2 soat) 
Elektron darsliklar va ularni ishlab chiqish texnologiyalari. Elektron 
darsliklar. Elektron materiallar yaratish 

VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 
Fan yuzasidan talabalarning mustaqil ish va mustaqil ta’limini tashkil 
etish quyidagi vazifalarni hal etishga xizmat qilishi lozim: 
- talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion 
faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash 
maqsadi bilan bog‘liqlikda fan bo‘yicha mustaqil o‘quv faoliyatini amalga 
oshirish; 
- fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash
muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo‘larini izlab 
topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash; 
- talabalarda fanni o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish; 
- ta’lim oluvchilarda fan yuzasidan bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatni 
oshirish; 
- talabalarda mutaxassislik bo‘yicha umummadaniy va kasbiy 



kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish; 
- talabalarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini 
rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish. 
Talabalarning 
mustaqil 
ishi 
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 
2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga 
ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish 
baholash tizimi to‘g’risidagi Nizom” asosida ishlab chiqilgan va kafedra 
yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida tashkil etiladi va baholanadi. 
Mustaqil ishlar talabalar tomonidan kutubxonalarda mavjud bo`lgan
adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydlalangan holda har bir mavzu 
uchun kerakli ma`lumotlarni yig`ib mazmuni tahlil qilib berishlari talab 
etiladi. Mavzularning taxlili laboratoriya mashg`ulotlarida va darsdan tashqari 
vaqtlarda qabul qilinadi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling