Mustaqil talim
Download 0.87 Mb.
|
MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar: To’rayeva.N.M
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI << BIOTEXNOLOGIYA VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI >> KAFEDRASI 54111700 – ISSIQXONA XO’JALIGINI TASHKIL ETISH VA YURUTISH YO’NALISHI 13-1 IXTY-20 GURUH TALABASI BAROTOV KAMOLIDDINNING MUSTAQIL TALIM Rahbar: To’rayeva.N.M MAVZU: Mevalarning tuzilishi va uni qismlarining nomlanishi REJA:
1.1.CHIN MEVALAR 1.2.SOXTA MEVALAR 2. Meva qismlari 2.1. ekzokarp 2.2. Mezokarp 2.3. Endokarp 3. Meva turlari 3.1.ho’l mevalar 3.2.quruq mevalar 4. Meva tuzilishi va rivojlanishi 5.mevalar ahamyati 6.meva va uruglar tarqalishi Meva (fruct) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar mevasi (partenokarp meva) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. Meva gulli о‘simliklarning kо‘payish organi bо‘lib, gul urug‘langandan keyin uning о‘zgarishidan hosil bо‘ladi. Mevaning asosiy vazifasi urug‘ hosil qilish, uni himoyalash va tarqatishdir. Meva yopiq urug‘li о‘simliklar uchun xos bо‘lgan generativ a’zo hisoblanib, gulda urug‘lanish jarayonidan sо‘ng uruhchi tugunchasi va gulning boshqa a’zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug‘chi bо‘lsa, ular urug‘langanidan sо‘ng ayrim mevalardan tashkil topgan tо‘pmeva rivojlanadi. Gulli (yopiqurug’li) o’simliklarda urug’lanishdan keyin meva hosil bo’ladi. Meva asosan urug’chi tugunchasidan hosil bo’ladi.Mevalar asosan ikki xil bo’ladi: 1 .Agar u tugunchaning o’zidan hosil bo’lsa chin meva (o’rik, olcha, shaftoli, olxo’ri, gilos) deyiladi. 2.Agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa ,bunday mevalar soxta meva deyiladi. Meva 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga kо‘ra nihoyatda xilma – xildir. Mevanining pо‘sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, о‘rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan.. Meva pо‘sti. Meva pо‘sti tuguncha devorlarining kuchli о‘sishi va shaklini о‘zgarishi natijasida paydo bо‘ladi. Meva pо‘stining tashqi qismi – ekzokarpiy, ichki qismi endokarpiy va ba’zi mevalarda о‘rta qismi yaxshi rivojlanib mezokarpiy deb ataladi. Bu uch qism danakli mevalarda yaxshi taraqqiy etgan: yupqa tashqarisidagi pо‘sti – ekzokarpiy, eti – mezokarpiy, qattiq - endokarpiy, hо‘l mevalarda esa meva pо‘sti yumshoq bо‘lganligidan qavatlarini aniqlab bо‘lmaydi. Ba’zi quruq mevalarning pо‘sti (kungaboqar) turlicha differensiatsiyalashgan hujayralardan tashkil topgan bо‘lsa, ba’zi mevalarning pо‘sti bir xil hujayralardan iborat bо‘ladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling