Mustaqil ta'limni bajarilishi yuzasidan tavsiyalar
I. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 33.45 Kb.
|
2 ярим учунМустақил иш мавзулари СМ 2022-23
I. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta‘lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, soliq tushumlari hisobi va prognozi jarayonini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir. Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsad: • bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish, tizimlashtirish, yangi o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘zlashtirish; • professional xarakterini shakllantirish; • mustaqil aqliy mehnat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; • mutaxassislikni egallash borasida olib borilayotgan doimiy, maqsadga yo‘naltirilgan ishlarini asoslash; • mustaqil firkirlashini rivojlantirish; • o‘ziga ishnochni, irodalilik xarakterini, o‘zi tashkil qila olish qobiliyatini shakllantirish. Talabalarning mustaqil ta’lim asosiy turlariga quyidagilar kiradi: • qo‘shimcha adabiyotlar o‘qish, o‘qigan materiallarini konspekt qilish; • normativ-meyoriy hujjatlar bilan tanishish va ularni konspekt qilish; • mashg‘ulotlarga doklad tayyorlab, so‘zga chiqish; • mustaqil ish ko‘rinishida referatlar tayyorlash; • vaziatli masalalar va topshiriqlarni yechish; • individual toposhiriqlarni bajarish; • prezentatsiyalar tayyorlash; • jadval, grafik, chizma ko‘rinishidagi tarqatma materiallar tayyorlash. Mustaqil ta‘limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada 26 soat ajratilgan. Mavzuni yoritish jarayonida soliq statistikasi, soliq tushumlarini prognozlash, davlat byudjeti, davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish, soliq tushumlari boyicha prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishini ta’minlashga qaratilgan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga taaluqli va ularni tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi hamda ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim. Download 33.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling