Mustaqil ta'limni bajarilishi yuzasidan tavsiyalar


II. Mustaqil ta'limni bajarilishi


Download 33.45 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi33.45 Kb.
#1016798
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ярим учунМустақил иш мавзулари СМ 2022-23

II. Mustaqil ta'limni bajarilishi

Mustaqil ta'limni bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yig’ish va ularni jamlashda, yozma ravishda o’zining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida o’zining ravon nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika boshqarmasi, jurnal, ro’znoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishini bilish lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma’lumot va axborotlarni to’g’ri va aniq tahlil qilish muhimdir.


Mustaqil ta'limni bajarishning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o’rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o’z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.
Multimediyali prezentatsiya – bu texnik vositalar hada PowerPoint kabi boshqa dasturidan foydalangan holda taqtimot materiallarini tayyorlash hisoblanadi. PowerPoint dasturida tayyorlangan fayl RRT kengligiga ega bo‘lgan nom bilan xotiraga yoziladi. Bunday fayllarni shaffof plyonkalarga yoki qog‘ozga chop etish yoki proyeksion ekranda demonstratsiya qilish mumkin.
Prezentatsiyalar faqat illyustratsiyali yoki illyustratsiyalar hamda tekstlar bilan birgalikda berilishi mumkin. Mustaqil ta’lim taqdimot ko’rinishida bo’lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog’i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo’lishi kerak. Bunday prezentatsiyalar o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga imkon yaratib beradi.
Illyustrativ materiallar o‘z tarkibiga rasmlarni, reproduktiv rasmlarni, chizmalarni, diagrammalarni olish mumkin.
Har bir slayd tugallangan kompozitsiya bo‘lib, ular o‘z sarlovhasiga ega bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, multimediyali prezentatsiyalar animatsion effektga- paydo bo‘lishi, yo‘qolishi xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o’rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o’zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi, 15-20 slaydan iborat bo‘ladi.
Mustaqil ish tayyorlash. Mustaqil ish biron bir mavzuning nazariy jihatlarini yoritishga qaratiladi. Shu ma’noda referatlar ilmiy taqiqot ishlarining bir namunasi sifatida o‘zini namoyon qiladi. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo'lgan biror mavzu bo'yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma'lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig'adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo'yicha imkon darajasida to'liq, keng ma'lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o'qituvchidan maslahat va ko'rsatmalar oladi.
Mustaqil ishning titul varog‘i bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, institutning, fakultetning, kafedrning hamda mustaqil ish mavzusi, muallif familiyasi, ismi, sharifi, rahbari, mustaqil ish yozish joyi va vaqti to‘liq ko‘rsatiladi.

Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling