Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 12.73 Kb.
|
“Fuqarolik jamiyati” fanidan mustaqil talim topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiya etiladigan taxminiy mavzular
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: - mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; - mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; - seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; - ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash; - fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash; - nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; - amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish; - o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Mustaqil ta’lim bo‘yicha tavsiya etiladigan taxminiy mavzular: 1. O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning maqsadi. 2.O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo’nalishlari. 3. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yo’nalishida amalga oshirilayotgan isloxotlarning mohiyatini tushuntirish. 4. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh kilishning ustuvor yo’nalishlari. 5. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari. 6. Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish. 7. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash. 8. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va tamoyillari. 9. Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari o’zaro munosabatlari. 10. YOshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli. 11. Mahalliy boshqaruvda fuqarolik jamiyati institutlarining roli. 12. Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish me’zoni. 13. Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida. 14. Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida. (O’zingiz yashayotgan mahalla faoliyati misolida taxlilni amalga oshiring). 15. Fuqarolik jamiyati institutlari oldida turgan muammolarni taxlil qiling. (Biror-bir institut faoliyati misolida). Download 12.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling