TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 3-KURS BANK ISHI VA AUDITI YO’NALISHI TALABASI BAXTIYOROV BEXRUZNING MOLIYA ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN
M U S T A Q I L I SH I
MAVZU:RISK VA QAYTIMNING MOHIYATI VA BAHOLANISHI.
R E J A:
1).Risk tushunchasi va mohiyati haqida umumiy ma’lumotlar.
2).Riskning turlari va ularning turkumlanishi.
3).Qaytimning mohiyati va baholanishi haqida tushuncha.
- Risk – bu potentsial,son bilan o’lchanadigan yo’qotishlar ehtimoli hisoblanadi.Ushbu hodisa yo’qotishlarga olib keladigan ehtimoliy hodisaning ifodasi,salbiy oqibatlar,xavf,yo’qotish va shikastlanish xavfi ma’nolarini anglatadi.”Risk” so’zi ispan-portugal tilida tarjima qilganda,”suv ostidagi qoya” degan ma’noni anglatadi.Shunday qilib,risk ehtimollik va xavf-xatarlik munosabatlarni aniq ko’rsatib beradi.
Riskni aniqlash – bu tahlil qilish,qiyosiy baholashni birlashtirgan jarayon hisoblanadi.Xavf butun tashkilot,bo’linmalari,loyihalari,faoliyati yoki xavfli hodisalari uchun baholanishi mumkin.
Riskni baholash – mumkin bo’lgan xavfli hodisalar,ularning sabablari va oqibatlari va ularning yuzaga kelishi to’g’risida tushunchalar beradi.
- Tegishli choralarni ko’rish zarurarti;
- Riskni kamaytirish imkoniyatlarini ko’rib chiqish usullari;
- Riskni o’rganib chiqish zarurati.
Riskni identifikatsiyalash – bu risk elementlarini aniqlash,ularning ro’yxatini tuzish va har bir risk elementlarini tasniflash jarayoni hisoblanadi.Risk aniqlashning maqsadi – maqsadlarga erishishni imkonsiz qilishi mumkin bo’lgan xavfli hodisalarning ro’yxatini tuzish hisoblanadi.
Riskni aniqlagandan so’ng,tashkilot loyiha,xodimlar,jarayonlar,tizimlar va boshqarish vositalarining muhim xususiyatlari aniqlanadi.Tashkilot maqsadlariga erishishga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan xavfli hodisalar,vaziyatlar,holatlar,xavflarning sabablari va manbalarining xususiyatlarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |