Mustaqilik yillarida o’rta osiyo allomalari, shaharlari hamda tarixiy obidalar yubileylarining nishonlanishi.”


Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy)


Download 51.79 Kb.
bet9/9
Sana28.12.2022
Hajmi51.79 Kb.
#1010020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AHMADJONOVA SHAHLONING

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
Burxoniddin Marganoniy. (1197 yilda vafot qilgan). To’liq ismi Burxoniddin Marginoniy Ibn Abu Bakr al-Farg’oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fiqx ilmiga (din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib oldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fikx sohalari bo’yicha qo’llanma) asari 56 kitobdan iborat bo’lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi

XULOSA.
O`rta osiyolik allomalar jahon sizilizatsiyasiga ulkan hissalar qo`shib o`zlaridan o`chmas iz qoldirib ketishgan.Yuqorida ularning bir nechtalarinigina sanab o`tdik holos. Ularning ichida ko`pchiligi albatta O`zbekistonlik deb qo`rqmasdan ayta olamiz.Demak,biz shunday buyuk allomalarning farzandlari ekanmiz biz ularga munosib bo`lish uchun bilim olishdan to`xtamasligimiz va yurt ravnaqi yo`lida qo`limizdan kelguncha yordam berishimiz kerak va zarurdir.


Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’llimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1-kitob. Toshkent.: O’zbekiston, 2018.

  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.

  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kyerak”. –T.:O'zbekiston, 2017.

  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birga quramiz”. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma yig'ilishidagi nutq. –T.:O'zbyekiston, 2016.



Internet manbalari

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.Pedagog.uz

  3. www.maik.ru

  4. www.arxiv.uz

  5. www.aim.uz

Download 51.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling